korxonadan ma’lum muddatga va ma’lum to’lov to’laydigan sharti bilan oladigan
mulki.
Imidj – firmanin mavqyei, ishlab chiqarayotgan molning, xizmatning sifati,
rahbarlarning obro’si haqidagi buyurtmachi va xaridorning fikri.
Import – chet eldan tovarlarni sotib olish yoki boshqa usullar bilan keltirish.
Keltirilgan mol iste’mol, qayta ishlash, hatto tashqariga sotish maqsadida bo’lishi
mumkin.
Iqtisodiy nochor korxonalar – muayyan miqdorda kapital yo’qotish, ishlab
chiqarish
maydonlarini qisqarishi,
ishsizlar sonining ortishi,
raqobatbardosh
bo’lmagan mahsulot ishlab chiqaradigan va
buning uchun katta miqdorda
materiallar, xomashyo, yonilg’i, mexnat resurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz
korxona.
Investisiya – kelgusida foyda olish, samaraga erishish maqsadida biror-bir
korxonaga uzoq muddatga kapital qo’yish.
Investor – investisiya bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxs yoki fuqaro.
Injiniring korxona – muhandislik maslahat
xizmatlarini tijoratchilik
qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradigan korxona.
Dostları ilə paylaş: