kombinasiyalashgan shaklda uchraydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko’p yillar
mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan
hisoblanadi. Konsalting xizmati statistikada maxsus tarmoq deb tan olingan.
AQSh da ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo’lib, uning bir yillik
xizmat hajmi 50 mlrd. dollarni tashkil etadi.
Har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda maslahatchilar
fikrisiz iqtisodiyot va boshqaruvga oid jiddiy qarorlar qabul qilinmaydi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda xususiy konsalting firmalar soni juda kam
(qiyoslash uchun Gollandiyada ularning soni 2000 dan oshiqdir).
Xususiy firmalardan tashqari maslahatli xizmatlarni davlat, o’quv,
axborot, ilmiy tekshirish muassasalari tijorat asosida bajaradi.
Mamlakatimizda hozirgi iqtisodiy sharoitni yaxshi biladigan, yuqori
salohiyatga ega, yuqori intellektual, bozor iqtisodiyoti mexanizmini
tushunadigan malakali maslahatchilar soni yildan-yilga ko’payib bormoqda.
Ular chet el konsalting firmalarining vakillari bilan hamkorlikda milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ish olib bormoqda. Aytish lozimki, chet el
konsalting firmalarining xizmati juda qimmat. Masalan, chet el konsalting
firmasi xodimining bir kunlik o’rtacha ish haqi 300 dollarni tashkil etadi.
Konsalting xizmatlari turli xil bo’lishi mumkin. Menejment bo’yicha
Yevropa maslahatchilar ma’lumot ko’rsatikichida 84 turdagi konsalting
xizmatlari ko’rsatilgan. Ular quyidagi 8 ta guruhga bo’lingan: umumiy
boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqaruvi,
marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus xizmatlar.
Dostları ilə paylaş: