takliflarni amalga oshirish haqida yozma hisobot rasmiylashtiriladi. Oldindan
kelishilgan maslahat turlari bundan mustasno emas.
Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi
bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi
firmalar o’z tovari, o’z xizmat namunasini ko’rsatish imkoniga ega emas. Shuning
uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosi turadi.
Mijozlarni jalb etish usullari turli-tumandir. Bunga o’z imkoniyatlarini targ’ibot
qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb etish, firma haqida ijobiy
fikr bildirgan oldingi mijozlar takliflaridan foydalanish kiradi.
Eng sodda va eng keng qo’llaniladigan usul
reklamadir. Firma o’z imkoniyati,
xizmat ko’rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli
xil reklama ma’lumotlari va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb
etishda
vositachilar yordamidan keng foydalaniladi. Vositachilar rahbarning ishonchini
qozongan firma xodimlari bo’lishi mumkin. G’arb mamlakatlarida bunday
vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun
alohida mablag’lar ajratiladi.
Albatta, maslahatchi firmaning obro’sini belgilab beruvchi omil o’tmishda
muvaffaqiyatli yuritilgan faoliyatdir. Yirik, hatto o’rtamiyona
firmalarning ijobiy
tavsiyasi eng yaxshi reklamadir.
Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O’zbekiston iqtisodiyotini tiklanish
vaqtida, ba’zi korxonalarda tubdan islohotlar olib borilayotgan davrda, nihoyatda
ko’p muammolar yuzaga kelmoqda. Shu muammolarni oqilona hal etish uchun
maslahatchilar salohiyati oshib borishi aniq. Shu bilan birga moliyaviy imkoniyat
cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning ba’zi muammolarini hal etish
uchun taklif etish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni
hal etishni korxonaning
strategik rivojlanish muammosini yechishdan boshlash kerak. so’ngra marketing,
innovasion imkoniyat va boshqa muammolarni hal etishga o’tish kerak.
Dostları ilə paylaş: