74
sabab bo‗ladi.
Algoritm imkoniyatini, masalan «oldinga» va «orqaga» o‗tishlarni
navbatma navbat amalga oshirish bilan ko‗paytirish mumkin.
6.4. Qo‘shni elementlar juftliklarini izchil tartibga solinishi
Metodning g‗oyasi qo‗shni elementlarni izchillik bilan solishtirish va agar talab
qilinsa, ularning joylarini almashtirishdan iboratdir.
Masala.
A(i); i = 1, …, N massivi berilgan. Uni qo„shni elementlar juftliklarini
kamayish bo„yicha tartibga solish metodi bo„yicha saralash.
Yechim.
K hisoblagichi orqali bajarilgan joy almashtirishlarning
miqdorini
belgilaymiz. Algoritm kiritilgan tuzilmaning ikkita sikliga ega.
Tashqi siklda
o‗zgaruvchan K ning nolsiz miqdorini tekshirish amalga oshiriladi.
Ichki siklda i o‗zgaruvchisi bo‗yicha qo‗shni elementlar A(i) va A(i + 1)ning
izchil solishtirilishi tashkil qilinadi. Va agar A(i) > A(i + 1) bo‗lsa,
unda ularning
joylarini almashtiramiz va hisoblagichga 1 ni qo‗shamiz.
Ichki sikl tugagandan keyin joy almashtirishlarning soni izchillikda tekshiriladi.
Va agar K = 0 bo‗lsa, unda joy almashtirishlar bo‗lmagan
va massiv tartibga
solingan. Agar K <> 0 bo‗lsa, unda ichki sikl yana qaytariladi.
Ma`lumotlarni qo‗shni elementlar juftliklarini tartibga
solish metodi bilan
saralash algoritmining sxemasi 6.3-rasmda berilgan.
Bajarilgan joylarni almashtirish miqdorini hisoblagichidan
foydalanish ushbu
algoritmni oldingiga qaraganda samaraliroq qiladi.