7-bob. ALGORITMIK DASTURLASH TILLARINING UMUMIY TA’RIFI
7.1. Dasturlash tillari va ularning tasniflanisi.
7.2. Paskal tilining umumiy ta`rifi.
7.3. Paskal algoritmik tilining alifbosi.
7.4. Paskal tilida ma'lumotlar turlari.
7.5. Paskal algoritmik tilida ifodalar.
7.6. Paskal tilida yozilgan dasturning tuzilishi.
7.1. Dasturlash tillari va ularni tasniflashi
Kompyuterda dasturlash - bu kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar
berish, qachon, qayerda nimani o‗zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish
haqida buyruqlar berishdir.
Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi
bo‗yicha tasniflash mumkin. Dasturlash tilining kompyuterga bog‗liqlik darajasi
bo‗yicha tasniflash eng umumiy hisoblanadi .
Yuqorida aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari kompyutera bog‗liq va
kompyuterga bog‗liq bo‗lmagan tillarga bo‗linadi.
Kompyuterga bog‗lik tillar, o‗z navbatida, kompyuter tillari va kompyuterga
mo‗ljallangan tillarga ajratiladi.
Dasturlash tilining kompyuter tiliga yaqinligi darajasini tariflash uchun til
darajasi tushunchasi qo‗llaniladi.
Kompyuter tili 0 daraja deb qabul qilingan bo‗lib, sanoq boshi hisoblanadi.
Odamning tabiiy tili ―eng yuqori darajadagi til‖ deb qaraladi.
Kompyuterga bog‗liq bo‗lmagan tillar ham ikkita turga bo‗linadi: birinchisi
protseduraga mo‗ljallangan tillar, ikkinchisiga - muammoga mo‗ljallangan tillar.
Protseduraga mo‗ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini
(protseduralarni) tavsiflashga mo‗ljallangan; shuning uchun ular ko‗pincha oddiy
qilib ―algoritmik tillar" deb ataladi.
78
Ushbu tillar yechilayotgan masalalar xususiyatlarini to‗la hisobga oladi va
kompyuterning turiga deyarli bog‗liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi kompyuter tiliga
qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga yaqinroq.
Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli
axborotlarni taxlil qilish va boshqa masalalarni yechish tillari malum.
Masalan: FORTRAN tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo‗lib, FORmula TRANsla-
tor - formulalar translyatori degan manoni anglatadi va ilmiy va muhandis - texnik
masalalarni hisoblashlarda qo‗llaniladi.
ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo‗lib, ALGORITMIC Langauge -algoritmik til
degan ma'noni anglatadi va ilmiy-texnik masalalarni hisoblashlarda qo‗llaniladi.
KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo‗lib, Common Businees Oriented Langauge -
―savdo-sotiq masalalariga mo‗ljallangan til‖ degan ma'noni anglatadi. Korxona va
tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish
bilan bog‗liq iqtisodiy masalalarni echish uchun qo‗llaniladi.
PASKAL tili 1971 yilda e`lon qilingan bo‗lib, fransuz olimi Blez Paskal nomiga
qo‗yilgan. Turli xildagi masalalar echimini olishda tartiblangan (strukturaviy)
dasturlar tuzishda qo‗llaniladi.
PL/1 tili 1964 yilda yaratilgan bo‗lib, Programming Langauge/ 1 - 1-tartib
raqamli dasturlash tili ma'nosini anglatadi. Ushbu til universal tillar turkumiga kiradi.
Bu tilda ishlab chiqilgan dasturlar kompyuterni yangisi bilan almashtirilganda
qaytadan tuzib chiqilishi zarur emas.
BEYSIK (BASIC - Beginner's All
Purpose
Sumbolic Instruction Code -
boshlovchilar uchun ko‗p maqsadli dasturlash tili) hisoblash algoritmlarini yozish
uchun qo‗llaniladigan algoritmik tildir. Bu til 1965 yilda Dartmut kolleji xodimlari
Kemini va Kurtslar tomonidan ishlab chiqilgan.
Protseduraga mo‗ljallangan tillardan masalalarning matematik ifodalari,
algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish bo‗lgan mutaxassislar foydalaniladilar.
Bunda ulardan kompyuterning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi.
Muammoga mo‗ljallangan tillar kompyuterda masala yechish usullari va
dasturlash usullari bilan tanish bo‗lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir.
|