89
Aytaylik, A, B, C o‗zgaruvchilarga dastur bajarilishi davomida quyidagi
qiymatlarni berish kerak bo‗lsin: A=15, B=11, S=2.3.
Operator READ(A,B,C) ko‗rinishiga ega bo‗lib, sonlar qiymatlarini dastur
bajarilishi davomida quyidagicha kiritish mumkin:
5 17 6.2 [Enter].
Agar o‗zgaruvchi REAL toifada aniqlangan bo‗lsa,
uning qiymatini butun son
yoki haqiqiy son ko‗rinishida kiritiladi. Kompyuterning o‗zi butun sonni haqiqiy
songa o‗tkazib oladi.
Masalan:
VAR A, B:REAL;
READ (A, B) operatorining ishlatilishi natijasida 4 va 5 sonlarini probel (bo‗sh
joy) orqali kiritish mumkin.
2)
READLN - bu operator kiritish jarayonida bo‗sh qator qoldiradi;
3)
READLN( al,a2,...,an);
- operatorning
bajarilishida avval al,a2,...,an ga qiymat kiritilib, so‗ng keyingi
satrga o‗tiladi. Bu operator oldingi ikki operatorga teng kuchlidir.
KOMPYUTER xotirasidagi ma'lumotlarni displey ekraniga chiqarish operatori -
WRITE
dir. Operator quyidagi bir nechta ko‗rinishlarda ishlatilishi mumkin:
1)
WRITE( al,a2,..., an);
bunda al,a2,...,an oddiy o‗zgaruvchilar, o‗zgarmaslar yoki ifodalar bo‗lishi
mumkin va ular standart OUTPUT protsedura fayliga chiqariladi.
Masalan:
WRITE( 'B ning qiymati =', B) operatori displey ekraniga:
B ning qiymati = va undan so‗ng B o‗zgaruvchining qiymatini chiqaradi.
WRITE operatorida butun va haqiqiy sonlarni ma'lum
formatda chiqarish
mumkin. Bu format ikki nuqta orqali o‗zgaruvchidan so‗ng ko‗rsatiladi.
Masalan:
WRITE(Y:4:2); operatori bilan Y ning qiymatini chiqarishda, Y ning hamma
qiymatini chiqarish uchun 4 ta xona ajratilishi, ulardan ikkitasi kasr qismi uzunligini
90
anglatadi (bunda sonning butun va kasr qismini ajratuvchi vergul (nuqta) ham
hisobga olinishi zarur).
Butun sonlarni chiqarishda kasr qismi formati ko‗rsatilmaydi.
Aytaylik, N=111 butun sonli qiymatni chiqarish kerak bo‗lsin.
Chiqarish
operatori buning uchun quyidagi ko‗rinishda bo‗lishi mumkin:
WRITE ('N=', N:3)
Paskal tilida boshqa chiqarish operatorlari ham ishlatiladi.
2)
Parametrlarsiz chiqarish operatori
WRITELN - displey ekranida yangi satrga o‗tishni ta'minlaydi.
3)
WRITELN(al,a2,...,an);
- chiqarish operatori oldin al,a2,...,an larning qiymatlarini chiqaradi, so‗ng yangi
qatorga o‗tishni ta'minlaydi. Shunday qilib, bu ham
quyidagi ikki operatorga
ekvivalent:
WRITE( al,a2,...,an); WRITELN;
Quyida oddiy masalalarni dasturlash namunalari ko‗rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: