O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/73
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210702
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

Dastur sarlavhasi
PROGRAM xizmatchi so‗z bilan boshlanadi, bu so‗zdan 
keyin shu dasturga berilgan nom yoziladi (bu nom dastur ichida hech qanday 
maqsadda ishlatilishi mumkin emas). Dastur nomidan keyin yumaloq qavs ichida 
dastur parametrlari ro‗yxati beriladi. Bu parametrlar fayllar nomi bo‗lib, ular orqali 
dastur tashqi muhit bilan bog‗lanadi. 
Mavjud bo‗lgan ko‗p fayllar orasidan 2 ta standart matnli fayllar ajratilgan. 
Bular dasturni boshlang‗ich ma'lumotlar va ma'lumotlarni qayta ishlash natijalari 
bilan bog‗laydigan INPUT va OUTPUTlardir. 
Dastur sarlavhasi yozilishini quyidagi misolda ko‗ramiz: 
PROGRAM PASCAL (INPUT, OUTPUT); 
Paskalning ko‗p versiyalarida INPUT va OUTPUT yozilmasligi ham mumkin.
Dasturning asosiy vazifasi - bu kompyuterga ma'lumotlarni (berilganlarni) qayta 
ishlash bo‗yicha buyruqlar berishdir.Bu buyruqlar operatorlar yordamida beriladi. 
Shuning uchun ham operatorlar bo‗limi asosiy hisoblanadi va har qanday dasturda 
ishtirok etishi shart. 
Operatorlar bo‗limidan oldingi bo‗limlar ba'zi dasturlarda ishtirok etmasliklari 
ham mumkin. Ular tavsiflash bo‗limlari deyiladi. Tavsiflashning bu bo‗limlarida 
operatorlar bo‗limida ishlatilgan kattaliklar tavsiflanadi, ya'ni e'lon qilinadi. 
Belgilar bo‘limi. 
Dasturning ixtiyoriy operatori oldiga belgi va ikki nuqta 
qo‗yib qolgan operatorlardan ajratish mumkin. Operatorning belgisi bittadan ortiq 
bo‗lishi mumkin emas. Operatorlarning belgilari bir xil bo‗lishi mumkin emas.
Operatorning belgisiga uning nomi sifatida xaraladi.Dasturda ishlatilayotgan har 
bir belgi avval belgilar bo‗limida tavsiflash yo‗li bilan e'lon qilinishi kerak: 


84 
Belgilar bo‗limi label (belgi) xizmatchi so‗z bilan ochiladi, undan keyin belgilar, 
ya'ni ketma-ket vergul bilan ajratilgan konstanta shaklida yoziladi.Belgilar bo‗limida 
e'lon qilinayotgan belgilar ixtiyoriy ketma-ketlikda yozilishi mumkin.
Belgilar (0-9999) orasidagi sonlardan olinadi (Turbo Paskalda belgi sifatida 
alfavitning boshqa elementlarini ham ishlatish mumkin). 
Misol: label 24, 25, 26; 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin