81
7.4. Paskal tilida ma'lumotlar turlari
Paskal tilida ma'lumotlarning toifalari ikki xil bo‗ladi: oddiy-skalyar va
murakkab. Skalyar toifa, o‗z
navbatida, o‗zgaruvchi va standart toifalarga bo‗linadi.
O‗zgaruvchi toifaga qayd qilingan va chegaralangan toifalar kirsa,
standart
toifaga butun - INTEGER, haqiqiy - REAL, mantiqiy - BOOLEAN, simvol - CHAR
toifalar kiradi. Bundan tashqari, Turbo Paskalda qator - STRING turi kiritilgan.
Murakkab toifalarga esa ma'lumotlarning muntazam (massiv), to‗plam, aralash
(yozuvlar), murojaat va faylli toifalari kiradi.
Ma'lumotlarning standart turlari.Standart turdagi ma'lumotlar dasturda maxsus
xizmatchi so‗zlar yordamida tavsiflanadi:
INTEGER - BUTUN toifadagi ma'lumotlar faqat butun sonlarni qabul qiladi.
Ular Paskal tilida quyidagicha ifodalanadi: -7, 10,89, -35, 0 va h.k.
REAL - haqiqiy toifadagi ma'lumotlar haqiqiy sonlarni
qabul qiladi va ikki xil
ko‗rinishda bo‗ladi:
a) qo‗zg‗almas nuqtali haqiqiy sonlar (3.56, 0.88,-150.45);
b) qo‗zg‗aluvchan nuqtali haqiqiy sonlar (0.546=546E-03, 96.78*100=96.78E02
va h.k.
CHAR - BELGI (simvol) toifadagi ma'lumotlar qiymat sifatida kodlar
jadvalidagi belgilarning bittasini qabul qiladi. Bu ma'lumotlar apostrof ('belgisi)
ichiga olib yoziladi. Masalan 'F', 'A', 'R', '5', '8' va h.k.)
BOOLEAN - MANTIQIY toifadagi ma'lumotlar. Bu nom ingliz matematigi Jorj
Bul sharafiga shunday deb ataladi va shu turdagi o‗zgaruvchilar
faqat ikkita qiymat
qabul qiladi, TRUE -ROST yoki FALSE –YOLG‗ON.
Bu ma'lumotlar ustida mantiqiy ko‗paytirish AND, mantiqiy qo‗shish OR va
mantiqiy inkor qilish NOT amallarini bajarish mumkin.
7.1-jadvalda BOOLEAN turidagi A va B o‗zgaruvchilarda mantiqiy amallarning
bajarilishi natijasi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: