Operatorlar bo‘limi.
Bu bo‗lim dasturning asosiy bo‗limi hisoblanadi.
Dasturni bajarish bo‗limi operatorlik xizmatchi so‗zlari begin va end ichiga
joylashgan operatorlar ketma-ketligini bajarishga keltiriladi. Operatorlar bir-biridan
nuqtali vergul (;) yordamida ajratiladi.
Shuni aytish kerakki, protsedura va funksiya bo‗limidagi algoritmlar faqat
operatorlar bo‗limidan murojaat qilinganda bajariladi. Operatorlar yordamida
masalani echish algoritmini bajarishga kerak bo‗lgan amallar tavsiflanadi.
Dasturning ohiri nuqta bilan belgilanadi.
86
Tayanch iboralar
dasturlash, dasturlash tili, Pascal dasturlash tili, o‗zgaruvchilar, o‗zgarmaslar,
izohlar, arifmetik, mantiqiy, belgili ifodalar, dastur sarlavhasi, belgilar bo‗limi,
konstantalar-o‗zgarmaslar
bo‗limi,
turlar
bo‗limi,
o‗zgaruvchilar bo‗limi,
protseduralar va funksiyalar bo‗limi, operatorlar bo‗limi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Dasturlash tillariga ta‘rif bering va ularning tasnifini keltiring.
2. Paskal dasturlash tili qanday imkoniyatlarga ega?
3. Paskal tilida ma‘lumotlarning qanday turlarini bilasiz?
4. Paskal tilidagi dastur qanday tarkibiy qismlardan iborat?
5. Paskal tilida o‗zgaruvchilarni tavsiflash bo‗limi qanday ifodalanadi?
6. Dasturda konstantalarni qanday tavsiflash va ishlatish mumkin?
7. Dasturning operatorlar bo‗limida qanday jarayonlar bajariladi?
87
8-bob. DASTURLASH TILINING SODDA OPERATORLARI
8.1. Paskal tilidagi operatorlar.
8.2. O‘zlashtirish operatori.
8.3. Ma'lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari.
Dostları ilə paylaş: |