O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/73
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210702
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

Masala 1. 
Uchburchakning ikkita kateti berilgan a= 3 sm va b= 5 sm. 
gipotenuza uzunligini topish dasturini tuzing. 
Program gipot; 
Const a=3; b= 5; 
Var c: real; 
Begin 
c:=sqrt (sqr(a)+sqr(b)); 
Write('c=',c) 
End.
Masala 2.
Arrenius qonuniyati asosida reaktsiya tezligi konstantasini 
temperaturaga bog‗liqligini ifodalovchi formula uchun dastur tuzish. 
Program arren; 
Var K, k0,E,R,T:real; 
Begin 


91 
Write('o‗zgaruvchilarni kiriting‗); 
Read(k0,E,R,T); 
K:= k0* exp(-E/R*T); 
Write ('K=',K) 
End. 
Tayanch iboralar 
 
Pascal dasturlash
 
tili, o‗zlashtirish operatorlari, kiritish operatori, chiqarish 
operatori, boshqarish operatori,
 
o‗zgaruvchi.
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. Paskal tilida qanday operatorlardan foydalanadi? 
2. Paskal tilida o‗zlashtirish operatoridan qanday foydalanadi? 
3. Paskal tilida qanday tartibda ma‘lumotlarni kiritish operatoridan 
foydalanadi? 
4. Paskal tilida qanday tartibda ma‘lumotlarni chiqarish operatoridan 
foydalanadi? 
5. Nima uchun read o`qish protsedurasining parametrlari sifatida sonlar va 
ifodalar (masalan, k + 1) emas, faqat o`zgaruvchilar bo`lishi kerak ? 


92 
9-bob. TARMOQLANGAN HISOBLASH JARAYONLARNI DASTURLASH 
 
9.1. Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlash. 
9.2. Shartsiz o‘tish operatori. 
9.3. Shartli o‘tish operatori. 
9.4. Tanlash operatori. 
9.1. Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlash 
Ko‗pgina masalalarni yechishda ba'zi bir jarayonlar ma'lum shart yoki 
shartlarning qo‗yilishiga nisbatan bajariladi. Bunday jarayonlar tarmoqlanuvchi 
jarayonlar deb yuritiladi.
Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari oddiy va murakkab bo‗lishi mumkin. Bu 
esa jarayondagi tarmoqlar soniga bog‗liq. Ma'lum bir tarmoqlanuvchi jarayon 
tarkibida yana tarmoqlanishlar bo‗lishi mumkin. Bunday tarmoqlanishlari bor bo‗lgan 
hisoblash jarayonlari murakkab tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari deb ataladi. 
Paskal tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun shartsiz, shartli o‗tish 
va tanlash operatorlaridan foydalaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin