O’qituvchining yechimi 1. Inson va hayvonlarning vitaminlarga bo`lgan talabi har hil bo’lishi ularning jinsiga, yoshiga, atrof-muhitning ta'siriga bog`liq.
2. Fermentlarning kofermentlari sifatida bir nechta misollarni aytish mumkin. PP vitaminning asosiy biologik vazifasi degidrogenazalarda koofermentlik vazifasini bajarishdir, ya'ni uning hosilalari - NAD va NADF oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida vodorod va elektron tashish vazifasini o`taydilar.
Masalan, L-askorbin kislota odam, maymun uchun zarur bo`lib, boshqa hayvonlarda u sintezlanmaydi va hayotiy faoliyati uchun zarur emas.
2-keys. Oziq-ovqat tarkibida A vitamini yetishmasligi natijasida organizm o`sishdan to’xtaydi. Teri va shilimshiq parda quruqlashishi natijasida organizmga kasallik tug`diruvchi mikroblar o`tib, dermatit, bronxit hamda nafas yo`llarining yallig`lanishi kabi kasalliklarni qo’zg`atadi.Ovqatda bu vitamin yetishmasa, natijada ko`zning qorong`ida ko`rishi qiyinlashadi. Bu kasallik o`z vaqtida davolanmasa, ko`z butunlay ko`rmay qolishi mumkin.
Savollar: 1. A vitamini yetishmasligi natijasida organizmda yana qanday kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
2. Ushbu masalani ilmiy nuqtai nazardan izoxlang va tavsiya ishlab chiqing.
3. Siz qanday fikrdasiz?
4. Siz ushbu kasallikni oldini olish uchun qanday chora ko’rardingiz?
Tinglovchilarga tavsiya etiladigan manbalar: Biologik kimyo, O’simliklar biologik kimyosi adabiyotlari va matbuot manbalariga doir ma’lumotlar.
Tinglovchilar uchun ko’rsatmalar: 1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko’proq dahldor bo’lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
5. O’z fikringizni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni: 1. Tinglovchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qiladi.
2. Tinglovchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3. Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.
5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.