O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Bitiruv loyiha ishing dolzarbligi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/41
tarix23.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#65965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
БМИ Нурхон МОК2

Bitiruv loyiha ishing dolzarbligi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo’nalishiga aylandi.
O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog’lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo’lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimov rahnamoligida yangi davrda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko’rsatadigan, zamonaviy kasbiy mahoratga ega bo’lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashning “O’zbek modeli” hayotga tadbiq etilmoqda.
O’zbekistonning kelajagi, uning istiqboli, birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga, ularni sog’lom qilib o’stirishga, milliy g’oya, milliy mafkura va o’z Vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog’liq bo’lib, bu murakkab jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham, Prezident I. Karimov tomonidan “Mamlakatimizning istiqboli yosh avlodlarimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog’lik faol munosabati bo’lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak” deb ta’kidlanganligi bejiz emas. Shu boisdan ham bugungi kunda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi mustaqil O’zbekistonning davlat siyosatida ustivor ahamiyat kasb etmoqda3.
Bu holatlar oliy ta’lim muasasalarida tashkil etiladigan ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkiliy-huquqiy xujjatlarini va ular asosida ishlab chiqiladigan lokal xujjatlarni xar tomonlama nazariy va amaliy jixatdan o’rganish va taxlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi.
Bitiruv loyiha ishining maqsadiva vazifalari. Biologik kimyo fanini o’qitishda talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, fan yuzasidan elektron o’quv moduli ishlanmasini shakllantirish hamda o’qitishni takomillashtirish bo’yicha xulosalar va tasiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv loyiha ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • oliy ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan Biologik kimyo fani taraqqiyotining ustivor yo’nalishlarini nazariy va amaliy tahlil qilish;

  • Biologik kimyo fanini o’qitishda talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish maqsadida innovasion ta’lim texnologiyalari va ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish yo’llarini yoritish;

  • Biologik kimyo fani o’quv dasturi mazmun mohiyatini ochib berish;

  • Biologik kimyo fanidan elektron o’quv moduli ishlanmasi va majmuasini tayyorlash;

  • oliy ta’lim muassasalarida Biologik kimyo fanini o’qitishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin