O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Mustaqil ishni tashkil etish shakli



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə14/41
tarix23.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#65965
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
БМИ Нурхон МОК2

Mustaqil ishni tashkil etish shakli
Mustaqil ish talabalar tomonidan auditoriya mashg`ulotlarida o`rganilgan mavzularni o`zlashtirilishiga yordamlashish uchun olib boriladi. Bunda mustaqil ishni tashkil qiluvchi o`qituvchining mustaqil ishni o`tkazishdan oldiga qo`ygan maqsadiga ko`ra quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin.

  1. Referat yozish;

  2. Muayan mazvu bo`yicha matn tayyorlash;

  3. O`tilgan mavzuga doir masalalar to`plamini yechish;

  4. O`tilgan mavzular bo`yicha test topshiriqlari bajarish.

2. Oraliq baholash mezonlari:
OB da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo’lim yoki qism bo’yicha nazariy ma'lumotlar o’tib bo’lingandan so’ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savol yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. OB semestrda bir marta, fanning taxminan 70% i o’tilgandan keyin, yozma yoki og’zaki nazorat shaklida o’tkaziladi.
Yozma nazorat variantlari 3 ta katta bo’lmagan nazariy savoldan iborat bo’ladi.
1. savol №1 OB1=Max 100%
2. savol №2 OB2=Max 100%
3. savol №3 OB3=Max 100%
«A'lo» (86-100%) baholanadi:
- savolga atroflicha, aniq va to’g’ri javoblar yozilgan bo’lsa;
- o’quv rejadan tashqari (zamonaviy) materiallardan xabardorligi bilinib tursa;
- qonun va qoidalar, nazariyalar, tushunchalar va tasavvurlar, formula va reaktsiya tenglamalari to’g’ri va aniq yozilgan bo’lsa;
- bayonda ilmiy xatoliklarga yo’l qo’yilmay, material mazmunining ilmiy va mantiqiyligi saqlangan holda puxta yozilgan bo’lsa;
- bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa.
Yaxshi (71-85%) baholanadi:
- savolga yozilgan javoblar o’quv dasturi talablari doirasi bilan cheklangan, ammo to’g’ri bo’lsa;
- javobda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan bo’lsa;
- qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, formula va reaktsiya tenglamalarida xatoliklar uchramasa;
- bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa;
- berilgan savolning uchdan ikki qismiga to’liq javob yozilgan bo’lsa.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin