Laboratoriya mashg’ulot ishlari bo’yicha: «A'lo» (86-100%) baholanadi: -bajarilgan ishning nazariy va amaliy ahamiyatini atroflicha tushungan bo’lsa;
-mashg’ulotlar paytida ishlatilgan asbob-uskunalar va boshqa vositalardan to’g’ri foydalanish mahoratiga ega bo’lsa;
-xavfsizlik texnikasiga va kimyoviy reaktiv bilan ishlash qoidalariga rioya qilsa;
-tashkiliy mehnat malakasiga ega bo’lsa (ish joyi toza va saranjom, kimyoviy reaktivlardan tejab foydalana bilsa);
-berilgan vazifani mustaqil ravishda bajarish qobilyatiga ega bo’lsa;
-bexato natijalar olib, ulardan to’gri xulosa chiqara olsa;
-natijalarning matematik qayta ishlash usullarini mukammal bilsa;
-ishbo’yicha hisobotni to’gri va puxta shakllantira olsa;
«Yaxshi» (71-85%) baholanadi: -laboratoriya mashg’uloti mavzusining maqsadi va mazmunini to’g’ri tushungan bo’lsa;
-bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini tushungan bo’lsa;
-laboratoriya mashg’uloti paytida ishlatilgan asbob-uskunalar va boshqa vositalardan foydalanishni bilsa, bunda muhim bo’lmagan xatolarga yo’l qo’ysa;
-berilgan vazifani mustaqil bajara olsa;
-qo’lga kiritilgan natijalardan to’g’ri xulosalar chiqara olsa;
-natijalarni matematik qayta ishlay olsa;
-ish yuzasidan hisobot shakllantira olsa.
«Qoniqarli» (55-70%) baholanadi: -ishning maqsad va mazmuni haqida umumiy tasavvurga ega bo’lsa;
-asbob-uskunalardan mustaqil foydalanish mahoratiga ega bo’lmay, ish davomida, chetdan bo’ladigan har xil yordamlarga muhtoj bo’lsa;
-xavsizlik texnikasiga va moddalar bilan ishlash qoidalariga rioya qilishda ba'zi xatolarga yo’l qo’ygan bo’lsa;
-kimyoviy reaktivlardan tejab foydalana bilmasa;
-ish natijalarini qayta ishlab chiqish va ish bo’yicha hisobot tayyorlashda yordamga muhtoj bo’lsa;
-hisobotda ayrim xatoliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa.
«Qoniqarsiz» (0-54%) baholanadi: -rejadagi laboratoriya mashg’uloti bajarilmagan bo’lsa;
-laboratoriya mashg’ulot mavzusiga doir hech qanday tasavvurga ega bo’lmasa;
-xavfsizlik texnikasi va moddalar bilan ishlash qoidalarini qo’pol ravishda buzsa;
-natijalarni qayta ishlash va olingan natijalar yuzasidan hisobot tayyorlash mahoratiga ega bo’lmasa;
-ish natijalarining boshqalardan ko’chirib olinganligi sezilib tursa.