O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/41
tarix23.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#65965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
БМИ Нурхон МОК2

Bitiruv loyiha ishining ob’ekti:Vitaminlar modulini o’qitish jarayonida talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish jarayoni.
Mavzuning predmeti:oliy ta’lim muasasalarida Biologik kimyo fanining mazmun mohiyatini e’tiborga olgan holda o’qitishda talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishning ta’lim mazmuni, o’qitish vositalari, metodlari va shakllari.
Bitiruv loyiha ishi nazariy va amaliy ahamiyati Biologik kimyo fani bo’yicha tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan elektron o’quv moduli, xulosa va tavsiyalardan foydalanish mumkin.
Mavzuning tuzilishi va xajmi. Bitiruv loyiha ishi kirish, ikki bob, 9-paragraf, xulosa va takliflar, glossariy, foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan. Bitiruv loyixa ishida 42ta adabiyotdan foydalanilgan. Ishning hajmi 97betni tashkil etadi.


I-BOB. BIOLOGIK KIMYO FANINI O’QITISHNING NAZARIY MASALALARI

    1. Biologik kimyo fani taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari

Biologik ximiya, ya’ni biologik kimyo — tirik organizmlarning kimyoviy tarkibini va ularning hayot faoliyati asosida yotadigan ximyaviy prosesslarni qanday o’zgarishini tekshiradigan fandir. Biologik kimyo biologiya bilan ximiyani bir —biriga bog’lovchi oraliq fan hisoblanadi.
Biologik kimyo organizmlar tarkibiga kiruvchi yoki oziq moddalarni tashkil etuvchi oqsillar, nuklein kislotalar, utdevodllr, lipidlar, vitaminlar hamga organik birikmalarning kimyoviy tuzilishlari, xossalari, ularning organizmning turli qismlarida, jumladan, hujayra va uning struktura komponentlarida joylanishi bilan shug’ullanadi. Moddalarniig organizmdagi o’zgarishlari, yani moddalar almashinuvi esa biokimyoviy dinamikani tashkil qiladi. Hayotiy hodisalar asosan moddalar almashinuvi (metabolizm) tufayli namoyon bo’ladi. Moddalar almashinuvi prosessi ikki qismdan, ya’ni; anabolizm va katabolizmdan iborat. Anabolizm prosessi tirik organizmlarda moddalarning hosil bo’lishi, ya’ni sintezlanishini o’rganadi. Bu prosess energiya sarflanishi hisobiga amalga oshadi. Katabolizm prosessi esa tirik organizmlarda moddalarning parchalanishini o’rganadi. Bu prosessda uglevodlar, lipidlar kabi birikmalarning parchalanishi hisobiga organizmning energiyaga bo’lgan talabi qondiriladi4.
Mana shu ko’rsatilgan prosesslarning mohiyatini tushuntirish uchun biologik kimyo bir qator fanlarning, ya’ni organik, fizik va kolloid ximiya, fiziologiya, biofizika, radiobiologiya, molekulyar biologiya hamda boshqa fanlarning yutuqlaridan foydalanadi.
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida biologik kimyo alohida o’rin tutadi. Chunki biologayaning har bir sohasida biokimyoviy metodlardan, u erishgan yutuqlardan foydalaniladi.
Shuning uchun ham biologaya, qishloq xo’jaligi va medisina sohalaridagi muhim nazariy masalalarni hal qilish ko’p jihatdan biologik kimyo fanining rivojlanish darajasiga borliq.
Biologik kimyo haqidagi dastlabki tushuncha mashhur fransuz olimi Lavuaze (1743—1794) ning XVIII asr oxirida olib borgan tajribalaridan boshlangan deb hisoblanadi. Olim oksidlanish reaksiyasida kislorod yutilib, karbonat angadrid ajralib chiqadi va issiqlik hosil bo’ladi degan xulosaga kelgan edi.
Biologik kimyoning boshlang’ich tarixi organik ximiyaning paydo bo’lishi va ximiklarning o’simlik hamga hayvonlardan turli moddalarni ajratib olishdagi yutuqlari bilan bog’liq. Masalan: Vyoller (1800 — 1828) tanada azot almashinuvining oxirga mahsuli — mochevina (siydik) ni sintez qildi.
Shevral (1786 — 1889) tomonidan yog’lar tuzilishining o’rganilishi, rus olimi A.M. Butlerov (1828—1886) va nemis olimi Fisher (1852—1919) ning uglevodlar, Kossel (1853 — 1927) va Fisherning nukleoproteinlar hamda oqsillar ustidagi ishlari oziq moddalar va xo’jayralarning tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon berdi. Ayniqsa, E.Fisherning ishlari alohida ahamiyatga ega. U aminokislotalar bir — biri bilan peptid bog’lari orqali birikishini tajribada aniqladi. Olim sun’iy yo’l bilan bir qator polipeptidlarni sintezlab oldi.
Nuklein kislotalarni kashf etilishi shved olimi F.Misher (1844 — 1895) nomi bilan bog’liq.Buxner (1860—1917) achish bilan bog’liq masalalarni tekshirib, hujayralarning katalizatorlari bo’lgan fermentlar to’g’risidagi konsepsiyaspni yaratdi; ovqatlanish va unga bog’liq ba’zi kasalliklarni tekshirish asosida vitaminlar haqida ta’limot paydo bo’ldi.
V.YA.Palladin (1859—1922) organizmdagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini mohiyatini aniqladi, nafas olish prosessida suv ishtriok etishini isbotladi, hamda biologik oksidlanish prosessida asosiy reaksiya hisoblangan vodorodning ko’chishini kashf etdi.
Engelgard V.A. (1894—1984) 1930 yilda oksidlashi bilan bog’liq bo’lgan fosforlanish prosessini kashf etgan bo’lib, bioenergetikaga asos soldi. Keyingi 20 — 30 yillar ichida biologik kimyo sohasida misli ko’rilmagan yutuqlarga erishildi. DNK molekulasi struktura tuzilishining aniqlanganligi (Uotson —Krik modeli) va shu asosda belgilar nasldan — naslga o’tishining isbotlanishi, oqsil biosintezi mexanizmining tushtuntirib berilishi, tirik organizmlarda energiya almashinuvi mexanizmining kashf etilishi, ko’pginaoqsillar, fermentlar struktura tuzulishining aniqlanishi va genlarning sun’iy yo’l bilan sintez qilnishi shular jumlasidandir. Bu kashfiyotlar biologiyaning yangi yo’nalishlari molekulyar biologiya, biotexnologiya va gen injeneriyasi fanlarining vujudga kelishiga asos bo’ldi.
Biotexnologiya tadqiqotlarida qo’llaniladigan usullarxilma—xildir.Bulardan nishonlangan atomlar, romatografiya,elektroforez, spektrofotometriya, rengenstruktura analizi, elektron mikroskopiya, ultrasentrifuga, avtomatik (aminokislotalarni analiz qiladigan) analizatorlar.
Mazkur usullar yordamida hujayralar murakkab tuzilganligi va har bir hujayra struktura komponentlarining bioximyaviy funksiya bajarishi aniqlangan5.
Tirik organizm o’zida to’xtovsiz ravishda moddalar almashinuvi protsesslari borishi bilan jonsiz tabiatdan farq qiladi. Ular organizmda boradigan moddalar almashinuvi protsesslarining avtonom boshqariluvi, o’z – o’zini qayta tiklay olish, tashqi muhit ta'siriga javob berish, hayotning uzluksizligini ta'minlovchi protsesslar va hodisalarning mujassamlashuvi asosida tashkil topgan. Bularni amalga oshishida butun organizmdan tortib, uning alohida molekulasigacha ma'lum vazifa va funksiyalarni bajaradi. Shu protsesslarni 3 bo’limga bo’lib o’rgatiladi:

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin