R.Xarrod o’z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)kafolatlangano’sish surti tenglamasi;
2) haqiqiy o’sish sur’ati tenglamasi;
3)tabiiy o’sish sur’ati tenglamasi.
R Xarrod modelida haqiqiy o’sish sur’ati ishchi kuchining o’sish sur’ati
va kapital unumdorligining o’sish sur’ati bilan belgilanadi.
G c = s , bu yerda
G - YAIMning haqiqiy qo’shimcha o’sish sur’ati; Δ Y* Y;
c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I * Δ Y ;
s– Milliy daromaddagi jamg’arish hajmi yoki jamg’arishga o’rtacha
moyillik, S * Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o’sish sur’ati bo’lgan
kafolatlangan (prognoz qilingan) o’sish sur’atiga asoslanib o’z investitsiya
rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o’sish sur’ati jamg’arishga o’rtacha moyillik
darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi:
Gw = s * cr , bu yerda:
Gw – kafolatlangan o’sish sur’ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti ( qtgan yillardagi
shakllangan darajasi);
Bu ko’rsatkichlar doimiy bo’lganligi sababli kafolatlangan o’sish sur’atlari
ham doimiy bo’ladi. Agar haqiqiy o’sish sur’ati kafolatlangan o’sish sur’atiga mos
kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o’sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga
doimo erishib bo’lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro’y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to’liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi
mumkin bo’lgan maksimal o’sish sur’ati tabiiy o’sish sur’ati deb nomlandi.
Dostları ilə paylaş: