Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni
ta’minlashi kerak:
- samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini;
- pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish
sur’atlarini;
- “inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik.
Jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi sharoitida inflyatsiyaga qarshi chora
tadbirlarni keskin amalga oshirish zarurati yanada kuchaydi
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-tadbirlar
dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan ishlab chiqarishni
modernizatsiya va texnik qayta qurollantirishni izchil davom ettirish, energetika
tizimini modernizatsiya qilish, asosiy sanoat tarmoqlarida mahsulot tannarxini 20
foizga qisqartirish, kommunal xizmatlar baholari o’sishini cheklash mexanizmini
shakllantirish, bank tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish va h.k.lar inflyatsiya sur’atlarini cheklash imkonini beradi
Nazorat savollari
1. Inflyatsiyaning mohiyati faqatgina muomaladagi pul massasining
ortiqchaligi bilan izohlanishi to’g’rimi?
2. Inflyatsiyani tushuntirib berishga keynchilarning va neoklassiklarning
yondoshuvlari qanday farq qiladi?
3. Talab inflyatsiyasi qanday sodir bo’ladi?
4. Fillips egri chizig’i qaysi ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’liqlikni
ko’rsatadi? Bu bog’liqlik qanday tavsiflanadi?
Mustaqil ish mavzulari
1. O’rganilayotgan mamlakatlarda antiinflyatsiya siyosatining mohiyatini
tushuntirib bering.
2. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida inflyatsiyaga qarshi kurash
siyosatining xususiyatlari nimada?
Dostları ilə paylaş: