337
Iste’molchilarni rag‘batlantirish uslubini tanlash
Iste’molchilarni rag‘batlantirishning asosiy usullari 12.1-jadvalda
keltirilgan. Biz ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo sotuvchilari
tomonidan rag‘batlantirishni farqlaymiz. Birinchisiga misol qilib
sanoatda tarqalgan mavjud avtomobillarning qiymati,
sinov sayohati va
xarid qiluvchilarga kreditlashning foydali shartlari kabi rag‘batlan-
tirishni ko‘rsatish mumkin. Ikkinchisiga narxlar, kuponlarning (sotuv-
chilar nomidan) pasayishi, tanlovlar, bonuslar kiradi. Shuningdek,
rag‘batlantirish usullari ularning ustuvor savdo markasiga ta’siri
bo‘yicha ham bo‘lish mumkin. Bir
guruhga tovarlarning bepul
namunalari, doimiy xarid uchun taqdirlash, ma’lum tovarni sotib olish
bilan bog‘liq kuponlar (agar ular reklama murojaatlariga kiritilgan
bo‘lsa) va bonuslar uchun foydali takliflar yordamida ustuvorlikni
shakllantirishga ko‘maklashuvchi vositalar kiradi.
Boshqa guruhga bir
xil narxda hajmning oshishi, tovar bilan bog‘liq bo‘lmagan bonuslar,
reklama konkurslari va aksiyalar, sotib olingan tovar narxining bir
qismini
narxini qaytarishga takliflar, chakana savdo bo‘yicha kompen-
satsiyalar kabi ustuvorlikni shakllantira olmaydigan rag‘batlantirish
vositalari kiradi. Xulosa qilish mumkinki, savdoni rag‘batlantirish
reklama bilan birgalikda olib borilsa, ancha samarali bo‘ladi.
Tadqiqotlar natijasidan ko‘rinadiki, o‘tkazilgan faol reklama bilan
qo‘shib o‘tkazilgan narxni rag‘batlantirish savdo hajmini 19 % ga,
savdo
joyida reklama va stendli savdo – 24 % ga oshgan.
12.2-jadval
Dostları ilə paylaş: