O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
asosiy usullari Ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma va anjumanlarda. Tarmoqqa oid assotsiatsiya-
lar har yil turli xil ko‘rgazma va anjumanlar tashkil etadilar. Ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan tovar ishlab chiqaruvchilar ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarda
ishtirok etish uchun ilgari (olg‘a) surish (rivojlanish) maqsadida yillik budjetning
35% gacha sarflashi mumkin. Ko‘rgazma ishtirokchilari uchun foyda yangi
potensial mijozlarining paydo bo‘lishi, iste’molchilar bilan aloqa o‘rnatish va uni
saqlab qolish, yangi tovarlar namoyishi. Yangi xaridorlarni jalb etish, mijozlarga
savdo hajmini oshirish, turli xil buyum (mahsulot)lar yordamida xaridorlarni
o‘ziga «o‘rgatish», videofilmlar va boshqa audio vizual vositalar kabi o‘ta xilma
– xil bo‘lishi mumkin.
Savdo xodimlari orasida tanlovlar. Konkurs kompaniyaning o‘z xodimlari
yoki dillerlarni ma’lum davrda savdo hajmini oshirish bo‘yicha qilgan harakatlari
uchun taqdirlashga yo‘naltirilgan. Yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar
sovrinlar (pul, yo‘llanmalar, sovg‘alar, ballar) oladilar.
Suvenir (esdalik) reklama. Esdaliklarga reklamalar potensial sotib oluvchi
(xaridor) bilan muzokaralarda yoki mijozlar bilan kontaktda kompaniyaning
savdo vakillari o‘z hamsuhbatlariga uncha qimmat bo‘lmagan, lekin foydali
(sharikli ruchka, kalendarlar, breloklar, fonarchalar, bloknot va h.k.) predmetini
hadya qiladilar.
Ish yuzasidan sheriklar va sado xodimlarini rag‘batlantirish usu- lini tanlash. Sheriklari va o‘z savdo vakillarini rag‘batlantirish uchun kom-
paniyalar har yili milliard dollarlab sarflaydilar (12.3-jadval). Bu
vositalar potensial xaridorlarni qidirib topishga, mijozlarni ishontirish va
taqdirlashga va savdo xodimlarini motivatsiyalash uchun mo‘ljallangan.
339
Qoidaga ko‘ra kompaniya ishdagi sheriklarini rag‘batlantirishning har
bir usuli uchun alohida budjet tuzadi, bu rag‘batlantirish esa uzoq yillar
davomida kamdan kam o‘zgaradi.