O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Konversion marketing – bozorda mahsulot iste’molchilar tomoni-
dan qabul qilinmaganda, xaridor uni inkor qilganda qo‘llaniladi. Bu 
marketing turi iste’molchining tovarga bo‘lgan salbiy munosabatini 
o‘zgartirishga va bu tovarga qiziqish orqali unga talabni uyg‘otishga 
harakat qiladi. Masalan, ilk bor avtomat kir yuvish mashinasi “Vyatka” 
ishlab chiqarilib sotuvga chiqarilganda unga talab bo‘lmagan, 
iste’molchilar esa qanday qilib avtomat ravishda kir yuvishiga ishonch 
hosil qilmagani uchun uni xarid qilmaganlar. Bunday sharoitda 
marketologning vazifasi inkor etilgan tovarga nisbatan talabni shakllan-
tirishdan iborat. Toshkentning markaziy univermagida 70 - yillarda bu 
mashinani ishlash jarayoni iste’molchilarga namoyish etilgan va bunday 
tag‘ribotdan so‘ng sotuv hajmi ko‘paya borgan.  
Rag‘batlantiruvchi marketing – talabning pasayib ketishida 
qo‘llaniladi. Sotuvda qo‘llaniladigan rag‘batlar, narx chegirmalari, 
reklamaning keng berilishi natijasida talab ko‘tarilishi kutiladi. 
Ma’naviy eskirgan tovarlar, mavsumiy tovarlarga shunday tadbirlar 
qo‘llanadi. 
Rivojlanuvchi marketing – yashirin talab darajasida qo‘llanadi. 
Bunday marketingning vazifasi yashirin talab darajasini aniqlash, 
potensial bozor hajmini baholash, samarali tovarlar ishlab chiqib, 
yashirin talabni real talabga aylantirishdir. Iste’molchilarning mavjud 


56 
tovarlardan qoniqmaganlik darajasini yangi tovarlar va mukammal 
tovarlar ishlab chiqib real talabni shakllantiriladi. 
Remarketing – talabning keskin pasayib ketishi davrida qo‘llanilib, 
bu marketing tadbirining asosiy maqsadi pasaygan talabni tiklash. 
Buning uchun eslatuvchi reklama, mahsulotning yangi xususiyatlarini 
ishlab chiqish bajariladi. 
Sinxromarketing – mavsumiy tovar va xizmat turlariga talabning 
o‘zgarishi davrida qo‘llaniladi. Egiluvchan narxlar, boshqa segment 
iste’molchilariga o‘tish, sotuvni rag‘batlantirish, mavsumiy talab teb-
ranishlarini silliqlashga yordam beradi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin