Firma faoliyati haqida axborotlar
tovar va xizmatlar
pul
bozor va tashqi muhit haqida axborot
3.2-rasm. Marketing aloqalari tizimi
Ushbu rasmda marketing aloqalari tizimidagi axborot oqimlari va
omillarning o‘zaro ketma - ketligi va bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Marketing axboroti korxona uchun zarur, chunki u:
- marketing muhitidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish imkonini
beradi;
- marketing strategiyasi va korxonaning umumiy strategiyasini
moslashtirish imkonini beradi;
- tijorat qarorlari qabul qilishdagi mavhumlik va risklarni kamay-
tiradi;
- marketolog (bozorshunos) sezgirligini mustahkamlaydi;
- raqobatda imtiyozlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi. Bozorning
har qanday subyektiga bozorda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida
aniq axborot zarur.
Firma
Bozor
60
O‘tgan asrning 90-yillaridayoq Amerika axborot industriyasida
4 mingga yaqin ma’lumotlar banki mavjud bo‘lgan. Bunda marketing
axborotini qayta ishlash bilan 1686 ta turli tashkilotlar shug‘ullangan.
Tashkilotlarda bozor holati to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam
yig‘ib borish marketing bo‘limining muhim vazifasi hisoblanadi.
Marketing axboroti yig‘iladi, tahlil qilinadi va marketing axboroti tizimi
doirasida taqsimlanadi.
Marketing axborot tizimi (MAT) – marketing qarorlarini tayyor-
lash, qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborotlarni tayinlan-
gan vaqtda tahlil qilish va taqsimlashga mo‘ljallangan xodimlar, uskuna
va amallar jamlanmasidir.
MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur
bo‘lgan ichki va tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini
o‘zgartiradi. Ichki axborot mahsulotga buyurtmalar, sotuv hajmi,
jo‘natilgan mahsulotlar, zaxiralar miqdori, jo‘natilgan mahsulot uchun
amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Tashqi manba ma’lumotlari joriy tashqi axborot (marketing razvedkasi)
va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi.
Axborotning to‘liqligi, haqqoniyligi, ishonchliligi, tizimliligi, o‘z
vaqtida taqdim etilganligi va davriyligiga nafaqat yangi mahsulot
taqdiri, balki ba’zan firmaning taqdiri ham bog‘liq bo‘ladi.
Tashkilotlar atrofidagi o‘zgarishlarning tezligi oshib borayotgan
sharoitda raqobatda o‘z ishini Bill Geyts “elektron asab tizimi” deb
nomlagan eng yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil qilganlar
yutib chiqadilar. Quyidagi so‘zlar unga tegishli: “Elektron asab tizimi”
elektron jarayonlar majmuasidir. Uning yordamida kompaniya dunyoni
ko‘radi va mos ravishda undagi o‘zgarishlarga javob qaytaradi, xoh u
raqobatchilar qo‘rg‘onidagi yangi hodisa bo‘lsin, xoh mijozlarda yuzaga
kelgan yangi talab bo‘lsin.
“Elektron asab tizimi” ni yaratish uchun qurilmalar va dasturiy
ta’minot talab qilinadi. Oddiy kompyuter tarmog‘idan uni aniqlik,
tezkorlik va taklif qilinayotgan axborotning qamrov kengligi ajratib
turadi. “Elektron asab tizimi” biznesni fikr tezligida yuritish imkonini
beradi, bu esa XXI asrda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi”. Zamonaviy
iqtisodiyotda marketing tadqiqotlarining roli katta. Ularga qilinayotgan
xarajatlar o‘sib bormoqda va bu xarajalar o‘zini oqlamoqda. Rivojlangan
mamlakatlarda sotilgan mahsulotning har ming dollariga 6 dollardan
to‘g‘ri keladi.
|