96
larni tegishli axborotlar bilan ta’minlagan holda bozor bilan aloqada bo‘lib
faoliyatini amalga oshiradi. O‘z
navbatida, firma (kompaniya) bozordan
realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning puldagi ekvivalenti va
yana o‘zga axborotlarni ham oladi. Bir butun yaxlitlik sifatida berk tizim
vujudga keladi. Uning barobarida yana bir yopiq tizim mavjud bo‘lib,
unda kompaniya (firma)
xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi
qismlar yetkazib beruvchilarga, hukumat
organlarining turli xildagi
normativ hujjatlariga, banklar hujjatlariga nisbatan qabul qilib oluvchi
bo‘g‘in sifatida ish ko‘radi. Bunga javoban korxona (firma, kompaniya)
ham tegishli axborotlar va pulni yo‘naltiradi. Natijada esa korxona (firma,
kompaniya)
marketingda tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanadi.
Tashqi muhit tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan
darajadagi ichki potensialni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan resurslar
bilan ta’minlovchi manbalar hisoblanadi. Demografik, iqtisodiy,
ekologik, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy
omillar ana shular sirasiga
kiradi.Tashqi marketing muhiti - firma tashqarisida harakatlanadigan
subyektlar jamlanmasi bo‘lib, ular hamda firma o‘rtasida yuzaga
keladigan
munosabatlar, rahbariyat va marketing xizmati imkoniyatlari,
xaridorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va
uni saqlab qolishda ta’sir qiluvchi holatlardir. Marketing muhitini hosil
qiluvchi asosiy omillar 4.3-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: