242
– Erkin narxlar
Qat’iy belgilangan, tasdiqlangan narxlar
c) Narxning boshqa xillari (masalan, bozor narxi, xalqaro narxlar va
h.k.).
Xaridorga realizatsiya qilinadigan tovar miqdoriga bog‘liq holda
narxlarning quyidagi turlari farqlanadi:
–
Ulgurchi narxlar — bu ishlab chiqaruvchi korxonalar va ulgurji
savdo qiluvchi tashkilotlar o‘z mahsulotlarini sotadigan narxlar. Ulgurji
narxlar qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda va
muomalasida sarf bo‘lgan xarajatlardan va korxona bilan tashkilot-
larining sotish foydasidan tashkil topadi. Barcha korxonalar odatda har
qanday tovarlarni ulgurji narxlarda xarid qiladilar. Ulgurji narxlar
xo‘jalik hisobini mustahkamlashga, korxonalarning rentabelli ishlashiga
ham xizmat qiladi.
– Tovar va xizmatlarning ulgurji narxlari - bu preyskurant
narxlardir. Bir xil davlat va kooperatsiya korxonalari o‘z mahsulotlarini
boshqa davlat va kooperatsiya korxonalari, tashkilotlariga ana shu
preyskurant narxlarida sotadilar. Ular nominal narx, deb ham ataladi.
Bunday narxlar ba’zis narx hamdir.
– Yangi ulgurji narxlar tarmoqlarga ishlab chiqarish xarajatlarini
to‘la hisobga olish va normal foyda ko‘rish imkonini beradi. Shu
munosabat bilan sanoat va milliy iqtisodiyotning ko‘pgina tarmoq-
larining undirma zarar ko‘rishlarini bartaraf etadi. Yangi narxlarda
narxga qo‘shib berish yoki narxni kamaytirish juda keng qo‘llaniladi, bu
esa mahsulot sifatini oshirishga rag‘batlantiradi.
–
Chakana narxlar- bu chakana savdo tovarlarini sotadigan narx.
–
Xarid narxi- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari, qishloq xo‘jalik
korxonalari va qishloq ahlidan xarid qilinadigan narx. Bu ulgurji
narxning alohida turi.
Dostları ilə paylaş: