O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Boshqariladigan narxlar bu – darajasi boshqaruvning mos 
keluvchi organlari tomonidan nazorat qilinadigan narxlar. Ularning 
orasidan eng oxirgi (yakuniy) narxni ajratish mumkin (korxona o‘z 
mahsuloti yoki xizmatiga undan yuqori baho belgilash huquqiga ega 
bo‘lmagan narxlar), jalb etilgan narxlar (ma’lum darajadagi narxlar). 
Ba’zis baho - tovar navi (sorti) va sifatini aniqlashda qo‘llaniladi. 
Xarid qilish - sotish bahosi – shartnomaga asoslangan yetkazib 
berish shartlari bilan belgilanuvchi narx, bu narx fakturaviy narx ham 
deyiladi va uni “sif”, “for”, “franko” kabi ko‘rsatkichlar bilan ifoda-
lanadi.
Jahon bahosi - tovar turiga bog‘liq ravishda aniqlanadi. 
Monopol baho - monopoliyalar tomonidan belgilanadigan baho. 


244 
Transfert bahosi - bu firmaning ishlab chiqarish bo‘limidan boshqa 
bo‘limlariga o‘tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo 
xizmatiga yoki chet el savdo filialiga. 
Harakatlanuvchi narx - shartnoma tuzilayotgan paytda unda qayd 
etilgan va ma’lum sharoitda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx (shartnoma 
kelishuviga ko‘ra). 
Sirpanuvchi narx - bu qoidaga ko‘ra uzoq muddatda tayyorla-
nadigan mahsulotga belgilangan narx (masalan, kema). Shartnoma 
tuzilayotganda unda qayd etilgan narx ikkala tomonning kelishuviga 
ko‘ra o‘zgarishi mumkin. 
Vaqt omilini hisobga olgan holda doimiy va vaqtinchalik (mav-
sumiy) narxlar farqlanadi. 
Doimiy narx - bu amal qilish muddati kelishilmagan narx. 
Vaqtinchalik (mavsumiy) narx - bu vaqtning ma’lum davrida 
(mavsumda) amal qiluvchi narx. 
Mahsulotlarni yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra netto narx, 
brutto narxlar farqlanadi. Netto narx- bu tovarning “sof” narxi. Brutto 
narx (yalpi narx)- bu oldi-sotdi shartlarini hisobga olib, belgilangan narx 
(tovarlar bo‘yicha soliqlar, chegirmalar, “franko” turi, sug‘urta). 
Narxning yana bir necha turlari mavjud bo‘lib, narxlar mahsulot 
ishlab chiqarilgan rayondan iste’mol rayoniga tashish bilan bog‘liq 
transport xarajatlari kimning zimmasida bo‘lishiga qarab narxlar 
(Franko, FOB, FOS va hokazolar), mahsulot yetkazib beruvchi bilan 
iste’molchi o‘rtasida qanday taqsim bo‘lishiga qarab bir-biridan farq 
qiladi. 
1. Franko-mahsulot yetkazib beruvchining ombor narxlarida 
mahsulotni yetkazib beruvchi omboridan to iste’molchi omboriga 
yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha transport va yuk tashish-tushirish 
xarajatlarini iste’molchi (yukni qabul qilib oluvchi) ko‘taradi. Mahsulot 
yetkazib beruvchi esa bu xarajatlardan ozod bo‘ladi. Franko-mahsulot 
yetkazib beruvchi omborining ulgurji narxlari keng qo‘llaniladi. 
Mahalliy sanoat mahsulotlari, shuningdek, ba’zi qurilish materiallari va 
boshqalar ham ana shunday narxlarda sotiladi. Iste’molchi materiallarni 
o‘z transport vositalari bilan yetkazib beruvchining omboridan tashib 
olganida ham o‘sha franko narxlar qo‘llaniladi. 
2. Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya (pristan) narxlari 


245 
mahsulot yetkazib beruvchining materialni jo‘natish stansiyasigacha 
(pristangacha) tashib olib borish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarini 
ham o‘z ichiga oladi. Ammo vagonlarga, kema, barjalarga ortish 
xarajatlari bundan mustasno. Mahsulotni ortish, mahsulot yetib borgan 
joyda uni tushirish, iste’molchining omborigacha tashib borish 
xarajatlari bu xil franko narxiga kirmaydi. Bu narxlar amalda mol 
yetkazib beruvchini materialning to‘liq va sifati buzilmagan holda tashib 
olib borilish javobgarligidan ozod etadi. 
3. Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya-vagon narxlari 
mahsulotni o‘z omboridan jo‘natish stansiyasiga (pristanga, portga) 
tashib borish bilan bog‘liq xarajatlarni, vagonlarni shaxobcha yo‘llarga 
chiqarish, teplovozlar manevri uchun to‘lovlar, mahsulotni vagonlarga 
(kemalarga) ortish xarajatlari, mahsulotni jo‘natayotganda bo‘ladigan 
transport tashkilotlari tomonidan joriy qilingan (masalan, mahsulotni 
taroziga solish) to‘lovlar mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga 
yuklanadi. Mazkur xarajatlardan tashqari mahsulot jo‘natish 
stansiyasidan iste’molchi omboriga tushguncha o‘rtada bo‘ladigan 
barcha tashish, ortish-tushirish xarajatlarini (franko-jo‘natish sanksiyasi 
baholarida) iste’molchi ko‘taradi. 
Bozorning turiga bog‘liq holda auksionlar, birja kotirovkalari narxi 
farqlanadi. Auksion bahosi - bu auksionda sotilgan tovarning real 
bahosi. Auksion bu-tovarni raqobatli savdo yo‘li bilan sotish usuli. Sotib 
oluvchi auksion ishtirokchilaridan minimal narxga erishilganlik sharti 
bilan eng yuqori narxni taklif qilgan odam bo‘ladi. Auksionlarda 
momiq-mo‘ynali tovarlar, choy, qadimgi predmetlar, qimmatbaho 
toshlar va b.lar kabi tovarlar sotiladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin