239
yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga intiladilar.
Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini
bo‘shatib bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u
amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq. Albatta, marketing - miks
vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va
distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i
uchun kerak bo‘lgan shartlardir.
Marketing — miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi.
Faqat narxgina xaridorning iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot
sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan voz kechish)
ni belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni
xaridor biron bir foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron
bir mahsulot uchun yuqori narx to‘lash xaridor uchun boshqa biron bir
mahsulotdan voz kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi taklif
qilgan narxni mahsulot nafliligi bilan va boshqa alternativ mahsulotlar
narxi bilan solishtiradi. Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot
nafliligi bo‘lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va har xil narxlarga olib
keladi. Xaridorlarning talablari, raqobatchilar tomonidan mahsulotlar
doimo o‘zgarib turishini inobatga olgan holda muntazam ravishda
narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish lozim.
Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo,
harakatlantirish) bilan daromad keltirish borasida farqlanadi. Narx
(baho) sotuvchi uchun o‘z mehnati taqdirlanishini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: