240
tomondan, sotuvchilar poyafzal fabrikalariga qo‘shimcha buyurtmalar
beradilar, chunki ularni ko‘proq sotish ularning daromadlarini oshiradi.
Fabrikani aynan poyafzal ishlab chiqarishdan manfaatdor qilish uchun
ularga poyafzal do‘konlarining egalari ilgarigiga qaraganda balandroq
narx taklif qilishlari lozim. Fabrikalar ishlab
chiqarishni kengaytirish
uchun har xil charm va uning o‘rnini bosuvchi boshqa resurslarni
ko‘proq sotib olishlari, shuningdek, qo‘shimcha ishchi kuchini
yollashlari lozim bo‘ladi. Ishlab chiqarishning ushbu omillariga
talabning ortishi ularning
baholari oshishiga olib keladi, bu esa o‘z
navbatida ularni taklif qilishning o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu tariqa
ishlab chiqarishning bir bo‘g‘unidan boshqasiga poyafzalga talab
oshganligi haqida axborot yetkazib turiladi. Poyafzal uchun kerakli
bo‘lgan tovarlarga ehtiyojning ortishi mo‘yna (jun) sanoati, furnituralar
ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishni,
ishlab chiqaruvchilarni
rag‘batlantiradi.
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi
o‘zgarishlardan ham darak beradi. Masalan, yong‘in chiqishi natijasida
ko‘p zavodlar to‘xtab qoldi, deylik u holda ishlab chiqarish kamayib
ketadi. Ushbu hol ularning narxini oshishiga olib keladi, bu o‘z
navbatida poyafzal fabrikalari egalari uchun poyafzallarni ilgarigi
miqdorda tayyorlashni befoyda qilib qo‘yishi mumkin.
Talab ilgaridek
qolganda poyafzal ishlab chiqarishni qisqartirish va sotuvchilar uchun
ularga balandroq chakana narxlar belgilash imkonini yaratadi. Tovarning
oshgan narxi uni iste’mol qilishni qisqartirishdan darak beradi. Charm
ishlab chiqarishni qisqartirish haqidagi xabar shu tariqa poyafzal
iste’molchisiga yetib boradi. Ammo uning uchun poyafzal narxi nima
sababdan oshganligi muhim emas. U sabablaridan qat’iy
nazar tovar
narxi oshganligiga bir xilda qaraydi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchini rag‘batlantirishdir. Narxlarning o‘zgarishi ishlab
chiqaruvchilarni ham, iste’molchini ham chorasini ko‘rishga, ayni
vaqtda bunday chora imkoniyat yaratishga undaydi. Bizning misolimiz-
da poyafzalga talabning ortishi ularni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga
rag‘batlantiradi. Lekin bu xomashyo materiallarini, xullas, ishlab
chiqarishni kengaytirish uchun zarur hamma
narsalarni xarid qilish,
ko‘paytirishni talab etadi. Poyafzal fabrikalarida bunday imkoniyat
paydo bo‘ladi ham, zero poyafzalga bo‘lgan talab va narxning oshishi
ular qo‘shimcha daromad olishi va bu daromad ishlab chiqarishni
241
kengaytirishga sarflanishi mumkin. Bu esa poyafzalning narxi balandroq
bo‘lganda poyafzal fabrikalari egalariga o‘z daromadlarini yanada
oshirish imkonini beradi.
Shunisi ham muhimki, narxlar mexanizmi
ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina emas, ishlab
chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi.
Poyafzal ishlab chiqaruvchilarning daromadi sotishdan tushgan pul bilan
ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi tafovutdan iborat bo‘lganligi
sababli eng kam xarajat qilgan holda mahsulot ishlab chiqarish ular
uchun foydali bo‘ladi. Poyafzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan
charmning biron xili borgan sayin kamyob va qimmat bo‘lib boradi, deb
faraz qilaylik. Bu hol uni tejashga va uni o‘rnini bosa oladigan
arzonroq
materialni izlashga rag‘batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq.
Bu daromadlarning taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida
xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy
yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko‘zlab sotadigan yoki sotib oladigan
tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liqdir. Narxlarning
o‘zgarishi iqtisodiy ne’matlar sotuvchilari va xaridorlari turli
guruhlarining daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
Bozorga jamiyat uchun eng zarur ne’matlarni yetkazib beruvchilar,
shuningdek, ushbu paytda mo‘l-ko‘l bo‘lgan ne’matlarni
sotib oluvchilar
ham yutadilar. Poyafzalchilik mehnatiga bo‘lgan talab oshsa (taklif
o‘zgarmay qolgan darajada), ularning ish kuchining narxi, demak,
daromadlari ham ortadi. Mehnat bozorida taklif oshadigan (doimiy talab
sharoitida) bo‘lsa, uning aksi bo‘ladi: ish kuchining narxi pasayadi.
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik
sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Narxlar xo‘jalik
yurgizishning muhim vositasidir. Marketingni boshqarish jarayonida
marketologlar narxlarning barcha turlaridan, asosan ulgurji narxlar,
mahsulot tashish tariflari va hisob narxlari bilan ish ko‘radilar.
Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: