O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 1 – vaziyat. Tovar yoki xizmatning yuqori nafliligi va narxning 
past darajadagi tiniqligi. 
 2 – vaziyat. Tovar nafliligining yuqori darajasi va narxning yuqori 
darajasi tiniqligi. Bu holda xaridor tovardan yuqori naf olish bilan uning 
narxiga ishonch hosil qilib undan qoniqadi. 
3 – vaziyat. Xaridor tovardan, uning nafliligidan qoniqmaydi. Bu 
holda tovarga nima uchun pul to‘layotganidan ham qoniqmaydi. Bunday 
holat raqobatchi firmalar uchun juda qulay bo‘lib, u o‘z mahsulotlari 
bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qilib oladi. 
 4 – vaziyat. Tovar nafliligi kam va aniq bozordagi narxga nisbatan 
past daraja. Bu vaqtda korxona mahsuloti narxini raqobatdagi korxonaga 
nisbatan past narx belgilaydi, bunda undan ko‘radigan samara yuqori 
bo‘lmaydi. 
Narx tiniqligini ko‘pgina chora-tadbirlar orqali ta’minlash mum-
kin: narxlarni muhokama qilish, xaridorlarni so‘rov qilish, narxlarning 
barqarorligini ko‘rsatish. 
 Narx afzalligi. Bu tushuncha asosida tovarning «narxi» va uning 
«naflilik» nisbati yotadi. Narx afzalligi mahsulotning naflilik darajasiga 
bevosita bog‘liq. Xaridor tomonidan sotib olinayotgan mahsulotning 
naflilik ko‘rsatkichlarini his etish, ya’ni qabul qilish ikki omilni his etish 
bilan bevosita bog‘liq. Xarid qilinadigan tovarlarning qimmatliligi 
(nafligi) va narx (bahosi). Bozorda turli narxlarda va turli qimmatga ega 
bo‘lgan tovarlar taklifiga duch kelgan xaridor o‘zi uchun eng optimal 
variantni izlaydi. Xaridor har doim o‘zi mo‘ljallagan, kutgan narxda 
tovar sotib olishni xohlaydi. 


273 
Raqobat muhitida korxona raqobatdosh bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi 
uchun «Narx – sifat» nisbatini muntazam yaxshilashga urinadi. Bunga 
erishish uchun korxona iste’molchilar ehtiyojlari va talablarini 
muntazam o‘rganib borishi, tovarga innovatsion yondashishi, uni 
mukammallashtirishi kerak. Raqobatning mavjudligi sifat uchun 
kurashdan faqat iste’molchilar yutadi. Raqobat har bir korxonaning 
tovarini sifatli, naflilik darajasi yuqori, qadoq shakli, vazni turli 
iste’molchilar segmentlariga mo‘ljallangan bo‘lishi korxona savdo 
aylanmasi va foydasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. 
Korxonalarning «narx–sifat» nisbatini yaxshilashga doimiy 
urinishida avvalo, iste’molchilarning to‘lov qobilyatini ham o‘rgangan 
holda (ya’ni to‘lov qobilyatining maksimal darajasi) mahsulot sifatini 
eng yuqori darajaga ko‘tarish, mahsulot tannarxini qanchaga olib 
kelishini hisob–kitob qilishlari kerak. Bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
narxni Target costing (maqsadli) usulini qo‘llab topish mumkin. Bu 
«maqsadli baho» korxonada «yangi mahsulot» ishlab chiqarish uchun 
ketadigan umumiy xarajatlarning shakllanishi uchun bazaviy bo‘lib 
hisoblanadi. Maqsadli bahodan qancha foyda olish mo‘ljallangan bo‘lsa, 
o‘sha miqdor ayriladi, natijada maqsadli xarajatlar miqdori kelib 
chiqadi. Maqsadli xarajatlarni mahsulotga ketadigan barcha ingrediyent-
lariga bo‘lib chiqib, butun mahsulotning bozor bahosi aniqlanadi. Ya’ni 
mahsulot kalkulyatsiyasi hisoblanib, uning tannarxi va sotilish narxlari 
(chakana, ulgurji) belgilanadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin