O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Narx yetakchiligi strategiyasi. Firmalar tovar yoki xizmatga bozor 
narxini belgilovchi va raqobatchilari ergashishga majbur bo‘ladigan 
narxlar o‘zgarishida tashabbus ko‘rsatuvchi narx yetakchisi sifatida 
chiqadi. Narx yetakchilari bozordagi kuchli pozitsiyalari tufayli o‘z 
narxlarining barqarorligini saqlay oladigan ustun turuvchi firmalar va 
barometrik narx liderlari – bozor sharoiti o‘zgarishlariga yetakchi 
narxining o‘zgarishli moslasha olish qobiliyatini tan oladigan boshqa 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi firmalar 
hisoblanadi. 
Narx yetakchisiga ergashish strategiyasi. Ushbu strategiyani 
qo‘llay borib, firma, hatto xarajatlari va uning mahsulotlariga talab 


284 
o‘zgarganda ham o‘z narxlari o‘zgarishining tashabbuskori bo‘la 
olmaydi. U raqobatchilari (narx yetakchisi) narxi o‘zgarishini e’tiborga 
oladi va unga moslashib oladi. 
Narxlar urushi. Bu strategiya narxlarni tajovuzkorona ravishda 
tushirilishiga asoslangan. Narxlar urushi, odatda, mahsulotga talab 
kamayib, buning oqibatida bozorda ortiqcha takliflar yuzaga kelganda 
paydo bo‘ladi. Chunki narxlar urushi ishlab chiqaruvchilar oladigan 
foydani kamaytiradi. 
Nazorat uchun savollar 
 
1. Baho nima? 
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday narxlar mavjud? 
3. Erkin narx deganda nimani tushunasiz? 
4. Narxga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering. 
5. Narx strategiyalarini tushuntiring. 


285 
 
 
 
 
XI bob. SOTISH SIYOSATI 
11.1.Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning 
tuzilishi 
 
Tovar ishlab chiqarilib unga narx belgilangach, tadbirkor uni 
tarqatish yoki iste’molchilarga yetkazishga harakat qilishi kerak. Shu 
bois marketing kompleksi tizimida savdo siyosati (o‘tkazish, yetkazib 
berish, sotish) alohida o‘rinni egallaydi. 
Savdo tizimi – tashkilot mahsulotini maqsadli iste’molchilar xarid 
qilishi uchun yengil bo‘ladigan holga keltirishga yo‘naltirilgan 
faoliyatini tavsiflovchi marketing kompleksi elementidir. 
Savdo–mahsulotning korxonadan chiqqandan keyingi bajariladigan 
hamma tadbirlar kompleksini: mahsulotni ishlab chiqaruvchidan 
iste’molchiga yetkazib berishning optimal tizimini tanlash, uning 
transportirovkasi, omborga joylashtirilishi, saqlanishi, ulgurji va 
chakana savdo bo‘g‘inlariga yuborilishi, sotishdan oldin ishlov berish va 
tovarning xususiy sotilishi, shuningdek, sotuvdan keyingi (servis) 
iste’molchilarga xizmat ko‘rsatilishini o‘z ichiga oladi. Savdo 
(o‘tkazish) va sotish tushunchalarining qanchalik mosligi ana shunda 
ko‘rinadi. Savdo (o‘tkazish) o‘zida jarayonlarning butun bir tizimini aks 
ettiradi, sotish esa uni yakunlaydi. 
Savdo tizimi o‘z faoliyatini ifodalashi uchun o‘ziga xos bo‘lgan 
tushuncha ishlab chiqiladi. Ulardan ayrimlariga to‘xtalamiz. 
Mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan asosiy masalalar-
dan biri savdo kanallarini tanlash hisoblanadi. 
Savdo kanali orqali ishlab chiqarish tashkilotlaridan tovar 
iste’molchilarga yetkazilib, individual iste’mol qilish yoki foydalanish 
imkoniyati amalga oshiriladi, ya’ni bu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan 
iste’molchi tomon harakatlanuvchi yo‘li. 
Sotuv kanali –bu ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tovar yetib 
borishini ta’minlashda ishtirok etuvchi tashkilot. Sotuv kanali alohida 
olinganda quyidagilar bilan asoslanadi: 
• mahsulotlarni tarqatishda moliyaviy xarajatlarni qisqartirish


286 
• xarajatlarni qisqartirish hisobiga ishlab chiqarishni rivoj-
lantirish; 
• tovar sotuvini samarali yo‘llar bilan tashkil etish; 
• sotuv hajmlarining oshishi, maqsadli bozorlarga tovarni 
yetkazish. 
Savdo kanallarini ularni tashkil etuvchi darajalar soni bo‘yicha 
tavsiflash mumkin. 
Vositachilar darajasi – tovarning yaqinlashuvi va unga oxirgi 
xaridorning mulk egasi huquqi bo‘yicha ma’lum ishlarni bajaruvchi har 
qanday vositachi. 
Mustaqil darajalar soni savdo kanali vositasi uzunligini belgilaydi. 
Belgilangan ishni ishlab chiqaruvchining o‘zi va oxirgi iste’molchi 
bajargani uchun ular ham istalgan vosita tarkibiga kiradilar. Uzunligiga 
bog‘liq holda savdo kanallari (vositalari)ning quyidagi turlari farqlanadi. 
Eng soddasi nol darajali kanal (vosita) hisoblanadi. U tovarni 
bevosita iste’molchilarga sotuvchi ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin