72
❖ operatsiyalar talab qilingan rettabelligini ta’minlaydigan
yangilikni sotish
narxiga chiqish;
❖ uzoq vaqt davomida reklama bilan qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish
bo‘yicha zaruriy marketing tadbilari majmuini qo‘llagan holda innovatsiyalar narxini
barqaror darajada ushlab turish;
❖ sotuv bozori uchun narxga oid raqobat talablariga javob bergan
holda narxni
pasaytirish imkoniyatlari doirasida qolgan holda bozorga ilgari chiqarilgan tovar
narxini pasaytirishni boshlash.
Bozorga chiqariladigan yangi mahsulot bo‘yicha
narx siyosatining ikkinchi
varianti innovatsiyalarni qat’iy patent himosiga asoslanadigan variant hisoblanadi. Bu
variantda bozorga dolzarb ehtiyojni qoniqtiradigan yangilikni avvalboshdan
oshirilgan narxda chiqarish va asta-sekinlik bilan narxni
pasaytirib borish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Innovatsion mahsulotlar narxining asosiy funksiyalari nimadan iborat?
2.Narxni shakllantirishning qanday tizimi mavjud?
3. Narxni shakllantirishning qanday bosqichlari mavjud?
4.Innovatsion mahsulotlar narxi qanday shakllantiriladi?
5. Innovatsion mahsulot ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishda
aniqlanadigan qanday xususiyatlarga ega?
6.Innovatsion mahsulotga narx shakllantirishning asosiy usullari bo‘lib
nimalar
hisoblanadi?
7. Innovatsion mahsulotning o‘ziga xosligi nimada ifodalanadi?
8."Delfi" usuli mazmunini ifodalab bering.
9.Innovatsion risk deganda nimani tushunasiz?