74
Bugungi kunda belgilangan savdo markasiga uzoq muddatli xaridorlar moyilligi
yaratishning bironta umum e’tirof etilgan uslubiyati mavjud emas.
Brending
(branding) mahalliy korxonalarda fan sifatida endi rivojlanmoqda. Xorijiy
kompaniyalar esa ancha vaqtdan beri brending konsepsiyasidan faol foydalanib
kelmoqda va potensial xaridorlar ongida o‘z savdo markalarining barqaror raqobatli
ustunliklarini yaratmoqda.
Innovatsion marketingda brendingni qo‘llash usullarini ishlab chiqish
tadqiqotlar ob’ekti sifatida juda katta qiziqishni ifodalaydi. Aynan brendingni
qo‘llash to‘g‘ri strategik siyosatini ishlab chiqish
uslubiyati bugungi kunda
innovatsiyalarni tijoratlashtirishda korxonalar rahbariyati oldida turgan eng muhim
vazifalardan sanaladi.
Brendingning asosiy ob’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: tovar-brend
sohibi, iste’molchi (yoki iste’molchi xulq-atvori) va brend egasi oladigan foyda.
Brend tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqalarini aniqlash va uning mahsulotini aniqlash
uchun bu elementlarni tadqiq etish lozim.
Brend ob’ektiga o‘ziga xos xususiyatlarni brendning o‘zini yanada rivojlantirish
konsepsiyasi ma’lum bir yo‘nalish baxsh etadi. Agar kompaniya tomonidan taqdim
etiladigan yangi xizmat yoki yangi tovar – sifati pastligi oldindan ma’lum bo‘lib,
xaridorning funksional ehtiyojlarini qoniqtirmasa, kelgusida brend shakllantirish
bo‘yicha bajariladigan ishlardan ma’no bo‘lmaydi. Brend bo‘lishi ko‘zda
tutilgan
yangi tovar yuqori sifatga ega bo‘lishi va xaridorning funksional ehtiyojlarini imkon
qadar to‘laroq qoniqtirishi lozim.
Brending haqidagi jahon adabiyotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, garchi ushbu
tovar brendi yoki mazkur firma xizmatlaridan ilgari hech ham foydalangan
bo‘lmasada, iste’molchilar doimo u yoki bu brendan nimanidir kutadi.
Brend – neoinstitutsional iqtisodiyot tushunchasi bo‘lib, bu erda asosiy toifa
iste’molchining ishonchi hisoblanadi. Brend toifasi institutsional iqtisodiyotning
rivojlanishi, bozorning yangi ehtiyoj va talablari paydo bo‘lishining
mantiqiy oqibati
sifatida shakllanadi. Fundamental marketing qonunlariga asoslanib, «brend» yangi
toifasining rivojlanishi xaridorlarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish mexanizmini
75
shakllantirishni rivojlantirgan va davom ettirgan holda savdo markasi tushunchasini
uyg‘unlikda qamrab oladi.
Brendni joylashtirish (Brand Positioning) bu – bozorda tovar tomonidan
raqobatchi tovarlarga
nisbatan egallangan joy, shuningdek, xaridorlar ehtiyojlari va
o‘zlashtirishi to‘plami, ya’ni brendning raqobatchilardan «chetlashish» uchun
foydalaniladigan yakka tartibdagi qismidir.
Brendning bozordagi pozitsiyasini aniqlash hali egallanmagan yoki sust ishlab
chiqilgan bozor «nisha»lari, xaridorlarning imkoniyatlari,
istaklari va imkoniyatlari
(xaridor o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun qancha pul to‘lashga tayyor) borasida
marketing tadqiqotlari ma’lumotlarini tahlil qilishni nazarda tutadi.
Tovar istalgan iste’molchining barcha ehtiyojlarini qondirishi mumkin emas.
Barcha uchun bir xildagi ideal tovar mavjud emas. SHunday ekan, uning demografik
va ijtimoiy qiyofasini aniq demografik, ijtimoiy va psixografik tavsifnomalardan
tuzish mumkin bo‘lgan «kerakli» iste’molchini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Brendni joylashtirishni quyidagi sxema bo‘yicha belgilash mumkin:
a)brendning yakka tartibdagi tavsifnomalari aniqlanadi;
b)brend ehtiyojlarini qondirishi ko‘zda tutilgan iste’molchilarning (maqsadli
brend doirasi) tavsifnomalari aniqlanadi;
v)brend beradigan foyda aniqlanadi, ya’ni: «Nima uchun iste’molchilar
raqobatchi brendni emas, balki aynan shu brendni tanlashi kerak?»
degan savolga
aniq javob beriladi
Savdo markasini joylashtirish 5.1-rasmda aks ettirilgan.
Savdo markasini muvaffaqiyatli joylashtirish o‘z tovarining bozordagi o‘rnini
aniqlashga imkon berishdan tashqari unga qo‘shimcha raqobatli ustunlik ham hadya
etadi. G‘arb mamlakatlari brending texnologiyalaridan samarali foydalanish
xaridorlarning hohish-istaklari, xaridni amalga oshirish motivlari bo‘yicha doimiy
marketing tadqiqotlari o‘tkazishni taqozo etadi. Mahalliy bozorda brending usullarini
qo‘llashni aynan xaridorlar xulq-atvori o‘ziga xosliklari belgilab beradi. Demak,
brend yaratish – uzoq muddatli ijodiy jarayon bo‘lib, brendni siljitish mafkurasini,
uning matn ko‘rinishidagi
va tashqi bezaklarini, tovar o‘rovini ishlab chiqish,
76
namunalarni tarqatish, sotuvni rag‘batlantirish, sotuv joylarida ishlash, ya’ni
iste’molchiga ta’sir ko‘rsatishning barcha marketing vositalari majmuini ko‘zda
tutadi.
Dostları ilə paylaş: