100
jarayonining bevosita ishtirokchisi ekanligi sababli xizmatni sotuvchi va iste’molchi
o‘rtasidagi aloqa xizmatning tovar sifatidagi tavsifnomasi hisoblanadi. YAkuniy
natijaga esa mijoz ham, sotuvchi ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi;
▪ muvaqqatlik — bir xil turdagi xizmatlar sifati ularni kim, qachon va qaerda
taqdim etishiga qarab keng doirada uchraydi. Buni tushungan holda xaridorlar
ko‘pincha tanlab olishdan avval bir nechta xizmat sotuvchisiga murojaat qiladilar;
▪ saqlab bo‘lmaslik — xizmatlarni saqlash mumkin emasligi barqaror talab
sharoitlarida katta ahmiyatga ega emas, bunda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlar
sonini aniqlash muammo tug‘dirmaydi. Talab o‘zaruvchan sharoitlarda qiyinchiliklar
vujudga kelishi mumkin. Masalan, jamoat transporti korxonalari asosan tig‘iz
paytlarda foydalaniluvchi katta sondagi transport birliklariga ega bo‘lishiga to‘g‘ri
keladi.
Hozirgi paytda xizmat ko‘rsatish sohasi har tomonlama o‘sish va kengayishni
boshidan kechirmoqda. Bu tendensiya Internetni ham chetlab o‘tgani yo‘q, bu erda
xizmatlar bozorning eng katta qismlaridan birini egallagan. Bu sohada axborot,
ta’lim, moliya va kadrlar tanlash xizmatlari yanada rivojlangan.
Bugungi kunda eng rivojlangan tur sifatida Internetda moliyaviy xizmat
ko‘rsatish sohasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqamiz.
Internetda moliyaviy xizmatlar
Internet orqali ko‘rsatiluvchi xizmatlar orasida moliyaviy xizmatlar eng
rivojlangan bo‘lib, ular asosan quyidagi faoliyat turlari hisoblanadi (6.4-rasm):
Dostları ilə paylaş: