113
• yangi tovarning ilk xaridorlari bo‘lgan iste’molchilar belgilangan toifasi orqali
yondashuv;
• tovarning maxsus (ushbu segment uchun) ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari
yoki undan ushbu segment foydalanuvchilari uchun dolzarb sanalgan maxsus
foydalanish imkoniyatlari negizidagi yondashuvv;
• tovar haqida iste’molchilarda barqaror tasavvurlar shakllantirish yordamidagi
yondashuv.
Raqobat sharoitlarida o‘z tovarini mustahkamlashning eng samarali yo‘llarini
topadigan korxona g‘olib bo‘lib chiqadi.
Innovatsiyalarni bozorda joylashtirish qadamlari
bozorni tahlil qilish, jalb
etuvchan maqsadli segmentlarni tanlashni o‘z ichiga oladi.
1-qadam. Innovatsion mahsulot bozori chegaralarini aniqlash.
2-qadam. Ushbu bozorga boshqa o‘zining innovatsion mahsulotini (xizmatini)
etkazib berishi mumkin bo‘lganlarni aniqlash. Real raqobatchilarni tanlab olish,
ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganish, raqobatli ustunliklarni (masalan,
ro‘yxatga olingan patentlar, nashrlar soni va mavzulari) aniqlash zarur.
3-qadam.
Innovatsiyalar
tavsifnomasini
eng
muhim
raqobatchilarning
mahsulotlari tavsifnomasi bilan taqqoslash.
4qadam. Innovatsiyalar potensial bozorini segmentlash.
5-qadam. Statistik usullar yordamida yoki so‘rov va kuzatuvlar vositasida
xaridorlar salohiyatini baholash. Xaridorlar xulq-atvori va istaklarini aniqlash (xarid
haqida kim va qanday, qaerda va qachon qaror qabul qiladi).
6-qadam. Innovatsion mahsulot xaridorlarning
istaklariga qanchalik yaqin
joylashganini aniqlash.
7-qadam. Innovatsion mahsulotni tijorat nuqtai-nazaridan amalga oshirish
mumkinligini baholash.
8-qadam. Marketing strategiyasini tanlash (sotuv miqdori va maqsadli bozor
bilan ishlash usuli haqida qaror: barcha segmentlar bilan
birdaniga ishlash yoki
ulardan taklif etilayotgan raqobatli ustunlikka eng ko‘proq mos keladigan birontasini
afzal ko‘rish, maqsadli segmentning xarid qilinayotgan mahsulot noyobligi va
114
yangilik darajasiga nisbatan so‘rovlari qanday).
Dostları ilə paylaş: