O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Innovatsiyalarga talab va potensial sanoat iste’moli tahlili



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
7.2.Innovatsiyalarga talab va potensial sanoat iste’moli tahlili 
 
Marketing tadqiqotining maqsadi – uni bozorda taklif etiladigan dastlabki 
paytda ushbu korxonaning yangi mahsulotga patent yoki boshqa vaqtinchalik 
monopoliyasi tufayli bir vaqtning o‘zida korxona mahsulotiga talab ham bo‘ladigan 
yangi mahsulotga talabni bashorat qilishdir. Bu qatorga mahsulot sifatini 
yaxshilaydigan, 
uning 
yangi 
modifikatsiyasini 
yaratadigan 
texnologik 
innovatsiyalarni ham kiritish mumkin. 


108 
Innovatsiyalar bozoridagi marketing tadqiqotlari muayyan bozor segmentlarida 
(belgilangan segment hosil qiluvchi alomatlarga ega bo‘lgan iste’molchilar guruhlari 
ichida) mahsulotga mavjud talabni baholash va kelajakdagi talab dinamikasini 
bashorat qilishga yo‘naltiriladi. 
Bunda ushbu talabning sig‘imini ham, narx bo‘yicha moslashuvchanligini ham 
baholash zarur. SHuningdek, mahsulot uchun maqsadli bo‘lgan bozor segmentidagi 
iste’molchilar daromadlari bilan mahsulotga har bir narxda uning ehtimoliy iste’mol 
miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash ham maqsadga muvofiq. Bunday baholash 
mahsulotning maqsadli iste’molchilari daromadlari o‘zgarishidagi tendensiyalarni 
bashorat qilish asosida mahsulotga talabni bashorat qilish imkonini beradi. Kelgusi 
davrdagi ehtimoliy talab hajmi, bozor salohiyati va ko‘lami haqidagi har qanday 
taxminlar bozor bashoratlari deb ataladi va ularni tuzish uchun matematik va 
nomatematik modellar foydalaniladi. 
G‘arb mamlakatlari iqtisodchilari tomonidan ishlab chiqilgan talabni o‘lchash va 
bashorat qilish matematik modellari iste’molchilarning turli markalar tanlashini 
nazarda tutadi. Innovatsion tovar hollarida bunday modellar ishlab chiqishning 
qiyinligi statistika axborotlarining yo‘q ekanligidan iborat. Lekin shunga qaramay, 
innovatsion marketing texnologiyalariga e’tibor katta ekanligi tufayli g‘arb 
adabiyotlarida «birlamchi» talab hajmini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar paydo bo‘ldi.
Marketologlar har bir omilli belgi – tahlil yo‘nalishi: masalan, yangi 
mahsulotning hayotiylik davri, yangi mahsulotni iste’molchilarga taqsimlash, uni 
sotishning rejalashtirilgan kanali va h.k. bo‘yicha tuziladigan maxsus jadvallar 
yordamida o‘tkaziladigan talabni strukturali tahlil qilishga murojaat qiladilar. Bunday 
jadvallar tezkor boshqaruv qarori qabul qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi hamda 
omillarning talab hajmi va xarakteriga ta’sirini yanada chuqurroq tahlil qilish uchun 
asos sanaladi. 
Nomatematik modellar qatoriga quyidagilar kiradi: 
Iste’molchilarning mulohazalari bo‘yicha bashorat qilish usuli. Bashorat 
iste’molchilarning shunga o‘xshash iste’mol xususiyatlariga ega tovarni sotib olishi 
yoki sotib olmasligi, qachon va qanday miqdorda xarid qilishi haqidagi savollarga 


109 
bergan javoblarini umumlashtirish asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin