106
7-BOB. INNOVATSION MARKETING TEXNOLOGIYASI
7.1. Innovatsiyalar bozorida marketing tadqiqotlari
Innovatsiyalar bozorida marketing tadqiqotlari mavjud mahsulotlar bo‘yicha
an’anaviy marketing tadqiqotlaridan tubdan farq qiladi.
Bu birinchi navbatda, shu
bilan bog‘liqki, innovatsiyalarning amaldagi iste’molchilari yo‘q va bu tadqiqot
uchun guruh shakllantirishni qiyinlashtiradi. Ikkinchidan, respondentlarda muntazam
iste’mol amaliyoti yo‘q.
Innovatsion marketing miqdoriy tadqiqot usullari uchun statistika yo‘qligi va
uning o‘ziga xosliklari sababli turli xildagi sifat tadqiqotlaridan foydalanadi.
Sifat
tadqiqotlari tijoratlashtirish mumkin bo‘lgan eng muhim ehtiyojlarni aniqlashga
yodam bera oladi. Sifat tadqiqotlarining boshqalardan ajratib turuvchi xususiyati
tadqiqotlarning deduktivdan ko‘ra ko‘proq induktiv falsafasining qo‘llanishi
hisoblanadi. Bundan tashqari, sifat tadqiqotlari ko‘proq ijodiy salohiyatga ega bo‘lib,
tadqiqotchidan aql-idrokdan tashqari ichki sezgirlikni ham talab qiladi.
Xalqaro
amaliyotda sifat tadqiqotlarining beshta asosiy usullari mashhur:
• haqiqatda chuqur tadqiqot o‘tkazish, muammoning yangi jihatlarini aniqlash
hamda aniq va mazmunli baholarni ta’minlash imkonini beradigan har tomonlama
intervyu;
• fokusli guruhlarda intervyu – uning sifat tijorat tadqiqotlarida o‘sib borayotgan
ommaviyligi ularni yashirin videokamera yordamida kuzatish mumkin bo‘lgan real
xaridorlar bilan real vaqt rejimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat bilan izohlanadi;
• kiritilgan kuzatuv, bunda tadqiqotchi ochiq yoki yashirin tarzda etarli darajada
uzoq vaqt davomida
kundalik hayotda ishtirok etib, ro‘y berayotgan voqea-
hodisalarni kuzatadi, aytilayotgan
gaplarni tinglaydi, tadqiqot vazifasi bilan bog‘liq
savollar beradi. Ushbu usul innovatsion mahsulotning real sifati va taqdim
etilayotgan innovatsion xizmatlar doirasini samaraliroq baholash imkonini beradi;
• vaziyatli tahlil, uning metodologik yo‘nalishi asosida psixologiya sohasidagi
ishlar uchun xos bo‘lgan yonashuvlar yotadi;
107
• proeksion texnikalar. Mazkur usul fokusli guruh a’zolaridan
yangi tovarga
nisbatan o‘z hissiyotlari, fikr va istaklarini bildirish so‘ralgan hollarda qo‘llanadi.
Bozor uchun yangi bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha marketing tadqiqotlari
qiyinligi shundaki, iste’molchilar «fokusli guruh» so‘rovlarida ular uchun yo‘l
qo‘yish mumkin bo‘lgan narx va xarid miqdori uyg‘unlashuvi haqidagi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri savollar bu erda mahsulotning iste’molchilar uchun
yangiligi sababli istisno
qilinadi.
Innovatsion faoliyatni rejalashtirishda raqobatchilar mahsulotiga nisbatan
ustunlik qiladigan mahsulotga ega bo‘lishdan tashqari bozorni puxtalik bilan tahlil
qilish va samarali marketing tadbirlari o‘tkazish zarur,
chunki bozorga chiqishda
korxona qattiq raqobat sharoitlariga tushib qoladi.
Buning uchun esa quyidagi axborotlarni olish zarur:
• kompaniya faoliyat ko‘rsatayotgan atrof-muhit haqida axborot;
• kompaniyaning ichki resurslari haqida axborot;
• kompaniyaning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqalari haqida axborot.
Kompaniyaning fan-texnika taraqqiyoti yangi yo‘nalishlari, iste’molchilarning
xohish-istaklari va iste’mol talabining o‘zgarishlari, bozorga ta’sir ko‘rsatish
imkoniyatlari, shuningdek, ishlab chiqarish, moliyaviy va
boshqa xarakterdagi ichki
cheklovlar haqida axborot olish kompaniya va u faoliyat ko‘rsatayotgan bozorni bir-
biri bilan bog‘laydigan axborot oqimlari bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: