119
sotuvgacha xizmat ko‘rsatish, sotuv vaqtida xizmat ko‘rsatish va sotuvdan keyingi
xizmat ko‘rsatish. Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish mahsulotni o‘rnatish, kafolatli
xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash,
tovarlarni vaqtinchalik
almashtirish, nuqsonli mahsulotni qabul qilish va uni almashtirishni o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlash joizki, moslashuvchan ishlab chiqarish sharoitlarida iste’molchilarga
eng ilg‘or va funksional model taklif etishi mumkin bo‘lgan kompaniya vaqtinchalik
raqobatli ustunlikni qo‘lga kiritadi. Ma’lum vaqt o‘tgach, bu ustunlik yo‘qoladi,
chunki boshqa kompaniyalar ham yangilikni joriy qiladi.
Shunday qilib, istalgan korxonada innovatsion marketing texnologiyalari joriy
qilinmas ekan, uning innovatsion faoliyati samarali bo‘lmaydi. Innovatsion marketing
innovatsion mahsulot, xizmat yoki texnologiyani joylashtirishga tayyorlashni amalga
oshiradi. U korxonaga innovatsion mahsulotni maksimal
samara bilan joriy qilish
imkonini beradigan usul va vositalar majumidan foydalanadi. Innovatsion marketing
texnologiyalarini o‘z vaqtida qo‘llash innovatsiyalar ishlab chiqish bilan bog‘liq
risklarni
pasaytiradi, chunki ular potensial talabni baholash,
maqsadli bozor
segmentini aniqlash va ishlanmalarni davom ettirish kerakmi va ular kutilgan
samarani beraimi degan savollarga javob berishga imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: