O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Innovatsiyalar etkazib berishga shartnoma tuzish



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Innovatsiyalar etkazib berishga shartnoma tuzish. Ko‘pchilik hollarda
shartnoma tuzishga kirishishdan oldin muzokaralar o‘tkazish va ular muvaffaqiyatli 
yakunlangan hollarda bu shartnomaning qanday bo‘lishi kerakligini aniqlab olish 
zarur bo‘lib, bu ish eng mas’uliyatli va mashaqqatli hisoblanadi. Bunda quyidagilarni 
aniqlash taqozo etiladi: 
• soliqqa tortishni optimallash nuqtai-nazaridan shartnomaning turi; 
• shartnoma shakli – bir martalik, ramkali, uzaytiriladigan; 
• shartnomaning asosiy shartlarini detallashtirish darajasi (maxfiylik, fors-
major, nizolarni hal qilish tartibi va h.k.); 
• shartnomaning ijrosi o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq masalalar ro‘yxati; 
• shartnoma shartlari buzilgan holatlarda tomonlarning javobgalik darajasi.
Uchrashi mumkin bo‘lgan risklarni bartaraf qilish uchun shartnoma tuzishda 
quyidagilarni amalga oshirish zarur: 
• bitimning muhim ehtimollarini tadqiq etish; 
• moliyaviy va yuridik risklar ro‘yxatini tuzish; 
• aniqlangan risklarni bartaraf qilish uchun shartnomaning takomillashtirilgan 


117 
variantini taklif etish. 
Shartnomani tayyorlash bosqichidayoq tomonlar o‘rtasida «munosabatlarni 
loyihalash» jarayoni boshlangani haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Muzokaralar 
borishini mahalliy huquq va xalqaro me’yorlarga mos keladigan namunaviy yuridik 
shartnomalar mavjudligi ancha soddalashtiradi. 
Puxtalik bilan bajarilgan tayyorgarlik ishlari va to‘g‘ri tuzilgan shartnoma 
tomonlarning kelgusidagi o‘zaro munosabatlarini sezilarli darajada engillashtirishi 
mumkin. 
Shartnomaning o‘zi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha muammolarni hal 
qilmaydi. Shartnomani diqqat bilan va to‘g‘ri tayyorlash ikkala tomonning shartnoma 
amal qilish muddatida ularni hal qilish mumkin bo‘lgan yo‘llar haqidagi 
kelishuvlarini qayd qilishga imkon beradi. Shartnoma tuzish juda murakkab va uzoq 
muddatli jarayon sanaladi, biroq shu tufayli kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
barcha nizolarning oldini olish imkoniyati paydo bo‘ladi. 
Shartnomani undagi barcha tarkibiy qismlar qanchalik aniq detallashtirilganiga 
qarab, kelajakdagi asosiy muvaffaqiyat omillari qatoriga kiritish lozim. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin