O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Innovatsiyalar bozorini sinab ko‘rish(test o‘tkazish) va talabni



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
7.5. Innovatsiyalar bozorini sinab ko‘rish(test o‘tkazish) va talabni 
shakllantirish
 
Bozorni sinab ko‘rish (test o‘tkazish) bu – innovatsiyalarni potensial xaridorlar 
bilan tanishtirish yo‘li bilan sinab ko‘rishdir. Sinab ko‘rish sinov tariqasidagi 
marketing, yangi mahsulotni ko‘rgazma, yarmarka, konkurslarga qo‘yish, ushbu 
tovar namunalarini sinov tariqasida foydalanishga taqdim etish, lizingga berish, 
mahsulot tannarxini hali qoplamaydigan darajadagi imtiyozli narxlarda sotish 
vositasida amalga oshiriladi. Bozorda sinov tariqasida dastlabki joylashtirish 
xarajatlari o‘zlashtirish va sotuvga investitsiyalarning bir qismi sifatida namoyon 
bo‘ladi va innovatsiyalarga talab marketing tadqiqotlariga kirishish imkonini beradi 
(bunday tadqiqotlarsiz hattoki yangi mahsulotni faol reklama qilish holatida ham 
mahsulotning iste’molchiga umuman noma’lum ekanligi bilan izohlanadigan salbiy 
natijani kutish mumkin). 
Bozorda sinov o‘tkazish natijalari foyda va sotuv hajmini bashorat qilishda 
foydalanilishi mumkin. 
Sinov 
tariqasidagi 
marketing 
bozor 
sharoitlariga 
yaqin 
sharoitlarda 
innovatsiyalarni sinab ko‘rish va ushbu mahsulot bo‘yicha marketing dasturining 
asosiy pozitsiyalarini baholash imkonini beradi. Amaliyotda sinov tariqasidagi 
marketing o‘tkazishning uch xil usuli sinovlardan o‘tgan: standart, nazorat 
qilinadigan va modellashtiriladigan. Iste’mol innovatsion tovarlari uchun aytib 
o‘tilgan usullarning uchalasi ham to‘g‘ri keladi, sanoat innovatsion tovarlari uchun 
esa odatda standart va nazorat qilinadigan usullar foydalaniladi, shuningdek, 
potensial xaridorlar ham qatnashadigan tarmoq ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok 
etish tavsiya etiladi. 
Bozorda standart test o‘tkazish – yangi mahsulot to‘liq ko‘lamda mahsulot 
chiqarishda sotuv sharoitlariga o‘xshash bo‘lgan sharoitlarga qo‘yiladigan holadtda 
bozorda sinov o‘tkazishdir. Standart test o‘tkazishdan maqsad olingan natijalardan 
mamlakat miqyosida sotuv hajmini bashorat qilish uchun foydalanish hamda ushbu 


115 
mahsulotni ishlab chiqarish va uning marketingi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash 
hisoblanadi. 
Bozorda nazorat testi o‘tkazish – belgilangan haq to‘lash evaziga mahsulot 
sotishning turli usullarini sinab ko‘rishga rozi bo‘lgan maxsus magazinlar panellari 
barpo etishdir. Bozorda nazorat testi o‘tkazishni amalga oshiruvchi tashkilot o‘z 
rejalariga muvofiq magazinlar soni va geografik joylashuvini belgilaydi, 
mahsulotning savdo zalida joylashtirilishini, narxlarni, mahsulotni siljitishning 
tanlangan usullarini nazorat qiladi. Olingan natijalar tahlili ularning talabga ta’sirini 
aniqlash imkonini beradi. 
Imitatsion bozor testlari o‘tkazish – mahsulotni real sharoitlarni imitatsiya 
qiladigan (o‘xshatadigan) sharoitlarda sinab ko‘rish, masalan, tashkilot tanlab olgan 
iste’molchilarning ularga ajratilgan pullarga oddiy magazinda yoki ushbu 
tashkilotning magazin-laboratoriysida tovarlar xarid qilishidir.
Bozorda ehtiyoj xaridorlar talabiga aylanadi. Talab ehtiyojni muayyanlashtiradi, 
uning chegaralarini belgilab beradi. Talab hajmi belgilangan narx va daromad 
darajasida ma’lum bir vaqt davomida xaridorlar tomonidan xarid qilinishi mumkin 
bo‘lgan mahsulot va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. 
Innovatsion jarayonlar talabni tartibga solishning eng amaliy shakllaridan biri 
hisoblanadi. Firma o‘z oldiga yangi ehtiyoj yaratgan yoki eski ehtiyojni o‘zgartirgan 
holda sifat jihatidan yangi tovar chiqarish yo‘li bilan yangi bozor yaratishni maqsad 
qilib qo‘yishi mumkin. YAngi tovarning bozorga chiqishi firmaning o‘zi uchun ham, 
uning raqobatchilari uchun ham muhim hodisa sanaladi. U katta risk bilan bog‘liq, 
chunki yangi tovarning muvaffaqiyati uni etakchilar qatoriga chiqaradi, yangi 
tovarning omadsizlikka uchrashi esa uni bozor autsayderlari orasiga tushirib qo‘yishi 
mumkin. 
Talabni shakllantirish – innovatsion korxonaning potensial xaridorlar tovar, 
uning xususiyatlari, texnik darajasi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, kafolatlari, narxi, xarid 
bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlar, servis haqida, shuningdek, sotuvchining 
ishonchliligi, uning nufuzi va yutuqlari haqida to‘liq xabardorligi borasida maqsadli 
yo‘naltirilgan harakatlaridir. 


116 
Talabni shakllantirishning asosiy vositasi juda keng usullar va texnik 
imkoniyatlarga ega bo‘lgan reklama hisoblanadi. Talabni shakllantirish ayniqsa, 
uning iste’mol xususiyatlari haqida xaridorlar axborotga ega bo‘lmagan tovar bilan 
bozorga chiqishda yoki korxona ilgari faoliyat ko‘rsatmagan va uning tovarlari 
xaridorlarga noma’lum bo‘lgan bozorga chiqishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Sanoat innovatsion tovarlariga talabni shakllantirishning asosiy usuli potensial 
xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, ilmiy-texnik simpoziumlar, 
seminarlar, sinov va namoyishlar o‘tkazishdir. 
Iste’mol yo‘nalishidagi tovarlarga talab reklama tadbirlari, namoyishlar, 
ko‘rgazma-sotuvlar o‘tkazish, matbuot, radio va televidenie vositasida jamoatchilik 
fikriga ta’sir ko‘rsatish usullaridan keng foydalanish yo‘li bilan shakllantiriladi. 
Bunda ijtimoiy, axloqiy, psixologik, emotsional, estetik va boshqa xususiyatlarni 
hisobga oli shart. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin