O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-jadval  Innovatsion mahsulotni siljitish kanallarining vositalari



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

9.1-jadval 
Innovatsion mahsulotni siljitish kanallarining vositalari
Reklama
Sotuvni 
rag‘batlantirish
Jamoatchilik bilan aloqalar
SHaxsiy sotuvlar
Matbuot va 
radiodagi e’lonlar 
YArmarka va savdo 
ko‘rgazmalari
Matbuot uchun kichik bir 
sarlavha bilan beriladigan bir 
nechta xabar va maqolalar
Tijorat taqdimotlari 
Pochta orqali 
jo‘natmalar
Ekspozitsiyalar
Ma’ruzalar
Tijorat 
uchrashuvlari
Kataloglar 
Namoyishlar 
Seminarlar 
Rag‘batlantirish 
dasturlari 
Videofilmlar 
Ko‘ngilocharlik 
tadbirlari
Yillik hisobotlar
Namunalar
Broshyuralar
Musobaqalar va 
o‘yinlar
Xayriya ehsonlari
YArmarka va savdo 
ko‘rgazmalari
Plakatlar 
Mukofot va sovg‘alar 
Stipendiyalar 
Spravochniklar 
CHegirmalar 
Nashrlar 
namlyishlar 
Kichik foiz bilan 
moliyalashtirish
Mahalliy hukumat organlari 
bilan aloqalar
Internet
Javob tariqasidagi 
sotuvda chegirmalar
Lobbi
Internet 
ommaviy 
kommunikatsiya 
vositalarining 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
raqobatchisiga aylanib bo‘ldi. Uning hamma uchun qiziqarli bo‘lgan resurslariga (ob-
havo bashorati, yangiliklar...) ommaviy tashrif buyuriladi. Tor ixtisoslashgan saytlar 
esa, yuqorida keltirilgan mantiqqa ko‘ra, mahalliy kanallar hisoblanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ommaviy reklama bu – xususiy shaxslar yoki korxonalarga 
nomsiz, manzilli jo‘natmalardir. U ko‘pincha juda katta miqyosda amalga oshiriladi.
Transportda reklama butun yo‘lovchilar oqimiga xizmat ko‘rsatadi. bu esa – 
ommadir.


141 
Shaxsiy kanallar. SHaxsiy kanallar qimmat bo‘lmagan va ko‘pchilik uchun 
ochiq bo‘lgan, biroq ixtisoslashgan – hamma uchun ham kerak bo‘lmagan va 
oqibatda guruhga ishlaydigan tovarlarga xizmat ko‘rsatadi. Bu axborotni «og‘izdan 
og‘izga» uzatishdir – bunday usulda etkazishda axborot uzatuvchining shaxsiy 
baholari tufayli emotsional tusga ega bo‘ladi.  
Shaxsiy kanallarni rejalashtirishda ikkita savolga javob berish kerak: "Qaysi 
"qavat"ga ishlash kerak?" va "Ishga tushirish mexanizmi qanday bo‘ladi?". Ikkita 
"qavat"ga ishlash mumkin — bevosita guruhning o‘ziga va fikrlar etakchisiga.
Misol: mustamlakalardan birida maymunlarni kofetga o‘rgatishga harakat qilib 
ko‘rildi. "Maymunlar ierarxiyasi"da quyi pog‘onada turuvchi yosh organizmlardan 
foydalanila boshlandi. Konfetlarga qiziqish juda sekin tarqaldi: bir yarim yildan keyin 
jonvorlarning 51%i konfeta iste’mol qilardi, bunda ularning orasida bironta 
yo‘lboshchi bo‘lmadi – «pastdan inqilob» ro‘y berdi. Boshqa bir mustamlakada 
maymunlarni bug‘doyga o‘rgatishga harakat qilib ko‘rildi, biroq bu safar 
yo‘lboshchidan boshlandi. Bu paytgacha bug‘doyni oziqlanish uchun iste’mol qilish 
umuman ma’lum bo‘lmagan maymunlar orasida bu atigi to‘rt soat ichida tarqaldi – 
«yuqoridan inqilob» ro‘y berdi.
Ma’lumki, maymunlar orasida etakchining nufuzi kuch mezonlari bilan 
belgilanadi. Odamlar uchun esa nufuz mezonlari u qadar aniq bo‘lmasligi mumkin, 
eng muhim mezonlardan biri nufuzning «tashqi belgisi» - maqom, unvon va 
shaxsning qimmatini uning ijtimoiy roli orqali belgilaydigan boshqalar hisoblanadi.
Haqiqatan ham, bizning oldimizda "professor", "direktor", "marshal", "vazir" 
yoki "xalq deputati" turibdi deb aytilishi bilan ma’lum bir idrok ko‘rsatmalari, ilgari 
shakllangan baholar va taxminlar, umidlar ishga tushadi. Maqom sohibining fikri u 
yashirin holatda bo‘lganidan ko‘ra umuman boshqacha ta’sir kuchiga ham ega 
bo‘ladi.
Shunday qilib, fikrlar etakchisi deganda muayyan innovatsion tovar bilan 
bog‘liq masalalarda guruh ishonadigan shaxslarni: mebel, pardozlash materiallari, 
gilam to‘shamalari xarid qilish va interer yaratish masalalarida — interer dizaynerini, 


142 
kosmetika tanlash masalalarida — vizajistni, oziq-ovqat qo‘shimchalaridan 
foydalanish masalalarida — vrachni va h.k.ni tushunamiz.
Shaxsiy sotuvlarni rejalashtirishda javob berish lozim bo‘lgan ikkinchi savol bu 
ularni ishga tushirish mexanizmidir. Xususan, guruhga ishlagan holda:
• sizning oldingizga keladigan odam uchun foydani ta’minlash (yuqorida 
keltirilgan misolda navbatsiz xizmat ko‘rsatish);
• siz haqingizda axborot tarqatadigan shaxsni «qayta sovg‘a qilish» uchun 
reklama vositasi bilan ta’minlash. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin