O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Innovatsion marketing strategiyasi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Innovatsion marketing strategiyasi
Asosiy segment rivojlanishining 
innovatsion vektorini aniqlash
Innovatsion portfelni shakllantirish
Marketing strategiyasi
Asosiy segmentning jalb qilish 
xususiyatini baholash
Asosiy segmentni tanlash


38 
innovatsion jarayonda yuzaga keladigan instutsional muammolarning echimiga 
yordam beradi. 
Innovatsion jarayon intelektual mulk, patent, mahsulot belgisi, kashfiyot, 
litsenziyalash kabi tushunchalar bilan chambaras bog‘liqdir. Korxonalarda 
innovatsiyalarni kiritilishiga ma’lum bir salbiy va ijobiy omillar ta’sir etadi (2.3-
jadval). 
2.3-jadval 
Innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillar
12
 
Faktorlar guruxi 
Innovatsion faoliyatga to‘sqinlik 
qiluvchi omillar 
Innovatsion faoliyatga ijobiy ta’sir 
etuvchi omillar 
Iqtisodiy, 
texnologik. 
Innovatsion loyihalarni 
moliyalashtirishda mablag‘ 
etishmovchiligi, ilmiy-texnik 
bazaning rivojlanmaganligi, zahira 
xom-ashyoning yo‘qligi. 
Innovatsion loyihalarni 
moliyalashtirishda mablag‘ 
mavjudligi, ilmiy-texnik bazaning 
rivojlanganligi, zahira xom-ashyoning 
mavjudligi. 
Siyosiy-xuquqiy 
Antimonopol, soliq, patent va 
litsenziya qonunchiligidagi 
cheklovlar 
Innovatsion faoliyatni qo‘llab-
quvatlashga qaratilgan imtiyozlar, 
davlat tomonidan innovatsiyalarning 
qo‘llab-quvatlanishi. 
Ijtimoiy 
psixologik, 
ma’daniy 
O‘zgarishlarga bo‘lgan qarshilik, 
yangi ish qidirishga ehtiyoj, 
noma’lum vaziyatlar bo‘yicha 
qo‘rquv va boshqalar 
Ishchilarni rag‘batlantirish, jamoadagi 
psixologik iqlimning yaxshiligi. 
Tashkiliy-
boshqaruv 
Boshqaruvning o‘ta 
markazlashganligi, 
rejalashtirishning qisqa muddatga 
mo‘ljallanganligi, korxonalar 
o‘rtasidagi faoliyatning 
cheklanganligi. 
Boshqaruvning markazlashmaganligi, 
demokratlashtirilgan boshqaruv, o‘z 
o‘zini rejalashtirish, tuzatishlarga 
imkoniyat mavjudligi. 
 
Tadbirkorlar oldida innovatsiyalarni amalga oshirishda resurs cheklovlari paydo 
bo‘lishi mumkin. Bu har bir tadbirkorda ham yirik innovatsiyalarni amalga oshirishda 
tashqi manbalarni jalb etish imkoniyati va o‘z resurslari mavjud emasligidir. Vaqt 
omili esa ikki yo‘nalishda ta’sir qiladi. Kiritilayotgan yangilik qanchalik katta bo‘lsa, 
uni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun shuncha ko‘p vaqt talab qilinadi. 
Shuningdek, innovatsiyalar yo‘lidagi monopolistik cheklovlarni ham hisobga olish 
kerak. 
12
Карпова С.В.Инновационная политика компаний в условиях модернизации экономики России, Москва 
2011, стр. 18 


39 
Hozirda texnik tizimlar bozorini o‘zlashtirishga ko‘p mablag‘ sarflagan va 
monopoliyalar o‘z kompaniyalari, yoki raqobatchi kompaniyalarda yanada samarali 
mahsulot va texnologiyalarni joriy qilishga u, yoki bu usullar bilan qarshilik 
ko‘rsatishi mumkin. Vanihoyat, bazis innovatsiyalarga cheklov bo‘lib tarmoqlararo 
tavsif xizmat qiladi. Bunda, yangi murakkab texnik tizimning paydo bo‘lishi uchun 
turli mulk egalari va tarmoqlarga tegishli o‘nlab turli korxonalar o‘zaro aloqalarini 
muvofiqlashtirish talab etiladi. Buni esa, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashlarsiz 
amalga oshirish juda qiyin. SHunday qilib, bozor iqtisodiyotida tadbirkorlarning 
innovatsion salohiyati birlamchi, kuchli, lekin cheklangan salohiyat hisoblanadi
13
 
Ishlab chiqarish va umuman, xo‘jalik yuritishga innovatsion marketing nuqtai-
nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o‘z ichiga oladi. Bu 
bozor uchun bo‘lgan raqobat kurashining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga olib 
keladi.  
Marketing deb nomlanadigan jarayon tovar ishlab chiqarishning asosi sifatida 
ijtimoiy mehnat taqsimoti boshlangan paytlardan buyon ehtiyojlarni qondirish usuli 
va ayirboshlash bilan bog‘liq munosabatlarga xos bo‘lgan hodisa sifatida mavjud 
bo‘lib kelgan. Raqobat kurashining asosiy vositasi sifatida marketingning yangicha 
nazariy konsepsiyalari xo‘jalik faoliyati evolyusiyasi bilan bir paytada rivojlangan. 
Marketing innovatsiyalari va xo‘jalik faoliyati evolyusiyasi o‘rtasida sabab va 
oqibatlarning vaqti-vaqti bilan o‘rin almashadigan to‘g‘ri va teskari aloqalarning 
murakkab tizimi mavjud. 
Marketingdagi innovatsiyalar bosqichi bir-biridan qat’iy chegaralar bilan 
ajratilmaydi va etarli darajada shartli xarakterga ega hisoblanadi. SHu bilan birga, 
ularning har biri alohida firmalarning empirik tajribasi ta’riflaridan boshlab qat’iy 
ilmiy-nazariy ishlanmalargacha bo‘lgan o‘z mantiqi va rivojlanish qonuniyatlariga 
ega. Marketingning innovatsion texnologiyalari paydo bo‘lishi va iqtisodiyotning 
rivojlanishi o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini ko‘rib chiqamiz. Marketingdagi 
innovatsiyalarning asosiy bosqichlari 2.2-rasmda aks ettirilgan. 
13
Акрамов Т.А. Автомобиль саноати корхоналарида маркетинг стратегияларини такомиллаштириш. 
Иқтисодиёт фанлари доктори (DSc) диссертацияси диссертацияси. 2018. –ТДИУ. 41-бет.


40 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin