56
yaratish kabi marketing funksiyalarini bajaradi. O‘rovning
marketing funksiyalari
ahamiyati tobora o‘sib bormoqda. Bu esa bozor faoliyatining o‘ziga-o‘zi xizmat
ko‘rsatishni rivojlantirish, iste’molchilar farovonligini o‘stirish, iqtisodiyotni
kompyuterlashtirish
va axborotlashtirish, kompaniya imidji va tovar markasini oldi-
sotdi jarayonini tezlashtirish kabi omillari bilan bog‘liq.
Tovar o‘rovini ishlab chiqish jarayoni quyidagi qarorlarni qabul qilishni o‘z
ichiga oladi: o‘rov konsepsiyasini asoslab berish, o‘rovning qo‘shimcha
tavsifnomalarini (o‘lchami, shakli, materiali, rangi, matni,
tovar markasining
joylashuvi) yaratish, o‘rovni sinab ko‘rish.
Tovar o‘rovi konsepsiyasi xaridor va iste’molchilar uchun qo‘shimcha
xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga ko‘maklashuvchi
asosiy tamoyil va g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.
Yangi mahsulotlar uchun o‘rovlarning bir necha xil variantlari modellashtiriladi
va tahlil qilinadi. O‘rovni yaratishda qabul qilinuvchi qarorlar tovarni taqsimlashda
qo‘llanuvchi tovar harakatlanishi tizimi, tovar narxi va reklamani tashkil etish bilan
kelishib olingan bo‘lishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyoti va bozor munosabatlarining rivojlanishi o‘rovning
vazifasi va mazmunini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omilar tufayli o‘rov
tovarni transport orqali tashishda uni himoya qilish vositasi sifatida emas, balki tovar
haqidagi ma’lumotlar manbai sifatida ko‘rib chiqiladi. Tovar o‘rovini
tayyorlashda
quyidagi talablar bajarilishi lozim: original bo‘lish va patentlar bilan himoyalanish;
estetik shartlarga javob berish; funksionallikni ta’minlash, ya’ni tovarning elementi
bo‘lish; reklama harakatlarini amalga oshirish; kam xarajat talab qilish; iste’molchiga
etib borguncha tovarning saqlanishini ta’minlash; transport
va ombor xarajatlarini
ratsionallashtirishga ko‘maklashish; tovarni sotish uchun qulay bo‘lish; tovarning
raqobatbardoshligi va ekologik tozaligini aks ettirish; ikkilamchi xom-ashyo sifatida
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish.
Shu tariqa, zamonaviy sharoitlarda o‘rov tovar siyosatining
samarali vositasi
vazifasini bajaradi. U oldi-sotdi jarayonini tezlashtiradi va engillashtiradi, tovar va
firma imidjini kuchaytiradi.
57
Yangi tovarni bozorga olib chiqishdan oldin uni iste’mol qilishning xavfsizligi
va ishonchliligi nuqtai nazaridan sinab ko‘rish lozim. Sinovlar
dala va laborotoriya
sharoitlarida o‘tkazilishi mumkin. Sinov shakllari tovarning o‘lchami, vazifalari va
turiga bog‘liq bo‘ladi. Sinovlarni o‘tkazish uchun iste’molchilar yangi tovarlar
joylashgan laboratoriyaga taklif qilinadi yoki bu tovar iste’molchilarga uyda tekshirib
ko‘rish uchun foydalanishga berib yuboriladi.
Testdan
o‘tkazishda quyidagi ko‘rsatkichlar ahamiyatga ega: sinov
o‘tkaziladigan joy (bozor,
laboratoriya, uy); ob’ekt (tovar, narx, nom, marka);
sinovda ishtirok etishga jalb qilinuvchi shaxslar (xaridor, ekspert); muddat (qisqa,
uzoq vaqt); hajm (bitta tovar, tovarlar partiyasi); testdan o‘tkaziluvchi tovarlar soni.
Yangi tovarni sinovdan o‘tkazish natijalari asosida bu tovarni ishlab chiqarish va
uni bozorga olib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. SHuni e’tiborga olish
kerakki, tovarni ommaviy ishlab chiqarish tovar innovatsiyasining ishlab chiqarishni
tashkil etish va marketing xarajatlari kabi eng ko‘p xarajat talab qiluvchi bosqichi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: