O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
 


63 
4.2.Innovatsion mahsulotlar narxi 
Innovatsion mahsulot xarajatlari tuzilmasi ko‘pchilik tovarlar va xizmatlar 
xarajatlari strukturasidan farq qiladi. Innovatsion mahsulotning o‘ziga xosligi 
shundaki, intellektual mulk xarid qilish xarajatlari mahsulot tayyorlashning yakuniy 
bosqichlarida xarajatlar hajmini belgilab bera olmaydi. SHu bilan bir paytda 
innovatsion mahsulot qiymati doim ham uni tayyorlash xarajatlari bilan munosabatda 
bo‘lavermaydi. Innovatsion mahsulot uni ayirboshlash munosabatlarini amalga 
oshirishda aniqlanadigan quyidagi xususiyatlarga ega: yuqori raqobatbardoshlik va 
ilmiy-texnik yangiliklar kiritishga sezuvchanlik; narx shakllantirishning o‘ziga 
xosligi; iste’molchilarning barqaror bo‘lmagan talabiga bog‘liqlik.
Innovatsion mahsulotni bozor tomon siljitish ushbu mahsulotga nisbatan o‘ziga 
xos narx siyosati yuritini taqozo etadi. Narx siyosatini ko‘rib chiqishda (yangilik-
tovarni bozorga belgilangan narxda chiqarish hajmini rejalashtirishni hosila 
ko‘rsatkich sifatida hisobga olib, umumiy mahsulot chiqarish hajmi va narxni 
rejalashtirish esa zarar kelitrmaslikni tahlil qilish bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi) 
uning quyidagi asosiy variantlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Eng tarqalgan usul 
ba’zida «soyabonli narx shakllantirish» deb ataladigan narx shakllantirish 
hisoblanadi. Bozorga yangi mahsulot chiqarish bo‘yicha narx siyosatining ikkinchi 
varianti to‘lovga layoqatli innovatsion talabni «to‘g‘ri topgan» mustahkam 
patent(mahsulotning texnik yangiligini tashkil qiladigan ko‘plab tarkibiy qismlarni 
kapital sig‘imi katta bo‘lgan patentlashda) himoyasiga (yoki ularni mos keluvchi nou-
xau bo‘yicha tijorat sirlarini himoya qilishga, bunda raqobatchilarni nou-xau 
vositalaridan chegaralab qo‘yish kuzatiladi) asoslanadigan variant hisoblanadi. 
Uchinchi variant bo‘lib innovatsion monopoliya monopol ustama foyda olish uchun 
emas, balki xaridorlarni to‘xtatish va shu usulda uning ortiqcha – o‘zining kapitali – 
foydaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlaridan yuqori kapitallashtirish 
yordamida baholanadigan innovatsion mahsulot doimiy mijozlari ko‘rinishida 
firmaning o‘ta qimmatli nomoddiy aktivini shakllantirish maqsadida foydalaniladigar 
variant xizmat qiladi.


64 
Dinamik narx tizimlarini bunday talqin qilish bilan bozor mexanizmlarining 
mashhur bilimdoni Filipp Kotler shug‘ullangan. Innovatsion tovarga narx belgilash 
strategiyasi o‘ziga zosliklarga egadir. Bunda haqiqiy yangilik-tovar va uni 
o‘xshatishga harakat qiladigan tovarni farqlay olish lozim. Patent bilan himoya 
qilingan, haqiqatda yangi bo‘lgan tovarga narx belgilashda bir nechta strategiya 
farqlanadi: "qaymog‘ini olish" strategiyasi (innovatsion mahsulotni bozorga 
chiqarishda standart bozor sharoitlarida optimal foydani ta’minlaydigan narx 
darajasiga nisbatan ancha yuqori narx belgilash va kelgusida narxni asta-sekinlik 
bilan pasaytirish ko‘zda tutiladi), kirib borish strategiyasi (mahsulot bozorga nisbatan 
arzon narxda chiqarilishi, biroq kelgusida kompaniya imkon qadar narxni ko‘tarishga 
harakat qilishi ko‘zda tutiladi), bozorga kirish uchun faqat arzon kirish narxlari 
strategiyasi (bozorga kirib borish strategiyasining eng chetki varianti va ekstremal 
holatlarni ifodalaydi. Ubozorga kirib borish strategiyasidan foydalanishdagidan ham 
arzon boshlang‘ich narx darajasi belgilashni nazarda tutadi).
Yangi tovar-imitatorga narx belgilashda tovar narxi va sifatiga qarab quyidagi 
strategiyalar farqlanadi: mukofot ustamalari strategiyasi, bozorga chuqur kirib borish 
strategiyasi, oshirilgan narx strategiyasi, o‘rtacha daraja strategiyasi, sifatlilik 
strategiyasi, talon-taroj strategiyasi, namunali biznes strategiyasi va h.k.
Korxonalar ko‘pincha ilgari o‘zlashtirilgan mahsulot o‘rnini almashtirmaydigan, 
lekin mavjud mahsulotlar parametrik qatorini to‘ldiradigan yoki kengaytiradigan 
mahsulotni loyihalash va o‘zlashtirishga majbur bo‘ladi.
Mahsulot birligiga xarajatlar normativlarini hisobga olgan holda uning iste’mol 
xususiyatlari darajasiga qarab, yangi mahsulot narxini tashkil qilishning qator usullari 
mavjud. Bunday usullar ekonometrik usullar nomini olgan bo‘lib, ular qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin:
❖ solishtirma ko‘rsatkichlar usuli; 
❖ regression tahlil usuli; 
❖ ball usuli. 
Ekonometrik usullarning uchchalasiga ham xos bo‘lgan umumiy kamchilik 
narxning faqat tovar xususiyatlariga bog‘liq ekanligi taxmin qilinishi hisoblanadi. 


65 
Raqobatchi firmalar o‘z tovari narxini uning sifat ko‘rsatkichlari asosidagina 
belgilamasdan, o‘zining narx siyosatiga amal qilgan holda narxni oshirishi yoki 
tushirishi mumkinligi hisobga olinmaydi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin