O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


A. Sotuv ob’ekti – innovatsion jarayon natijasida ishlab chiqilgan mahsulot



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

A. Sotuv ob’ekti – innovatsion jarayon natijasida ishlab chiqilgan mahsulot 
Dastlabki baholashda, konsepsiyani ishlab chiqish bosqichida va innovatsion 
faoliyat mahsulotini ishlab chiqishning ilk bosqichlarida, mahsulot ishlab chiqarish 
texnologiyasi, texnologik nomativlar noma’lum bo‘lgan, mahsulot tayyorlanadigan 
materiallar belgilanmagan sharoitlarda faqt taxminiy, yiriklashtirilgan narx belgilash 
usullari qo‘llanishi mumkin, chunonchi: 
❖ parametrik usullar;
❖ korrelyasiya va regressiya tahlili usullari. 
Parametrik usullar innovatsion mahsulot narxini parametrik qatorni tashkil 
qiladigan shunga o‘xshash mahsulot ko‘rsatkichlari va narxlari negizida belgilashga 
asoslanadi. Parametrik usullarning eng oddiy turlaridan biri tovar narxini 
mahsulotning bitta asosiy ko‘rsatkichi ta’sirini hisobga olish asosida aniqlash 
hisoblanadi. Mahsulotning funksional vazifasini belgilab beradigan va uning eng 
muhim xususiyatini tavsiflaydigan ko‘rsatkich asosiy ko‘rsatkich deb ataladi. Rn 
asosiy ko‘rsatkichli innovatsion mahsulot narxi quyidagi formula bo‘yicha 
mahsulotning tayanch narxi va Rb ko‘rsatkichi tayanch qiymati orqali aniqlanadi: 
Sn= SbxRn/Rb, 
bu erda Sn va Sb – mos ravishda yangi va tayanch mahsulot narxi. 
Asosiy ko‘rsatkich usuli juda oddiy, lekin amaliyotda ko‘pincha bitta asosiy 
ko‘rsatkichni ajratib ko‘rsatish qiyin bo‘ladi. SHu sababli ko‘pincha funksional bir 
turdagi, bir xil vazifalarni bajaradigan va bir-biridan faqat texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar hajmi bilangina farq qiladigan mahsulotlar ko‘p ko‘rsatkichli qatorlari 
foydalaniladi. Bu hisob-kitoblar aniqligini oshiradi, biroq yangilik darajasining 
yuqoriligi bilan ajralib turadigan ilmiy hajmdor mahsulotlar uchun bunday parametrik 
qatorlar mavjud emas. 
Innovatsion mahsulot narxi va uning texnik-iqtisodiy tavsifnomalari o‘rtasida 
miqdoriy o‘zaro aloqalar o‘rnatishning hattoki hisob-kitoblardagi xatoliklarni 
aniqlashga imkon beradigan yanada aniqroq usuli korrelyasiya va regressiya tahlili 


68 
hisoblanadi. Dastlabki bosqichda statistik ma’lumotlar asosida analog-mahsulotlar 
uchun o‘zaro bog‘liq bo‘lgan (korrelyasiya qiladigan) ko‘rsatkichlar aniqlanadi. 
So‘ngra quyidagi regressiya tenglasmasi ko‘rinishida tahliliy bog‘liqlik tuziladi: 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin