O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Innovatsiya jarayoni o‘z ichiga qanday bosqichlarni oladi? 
2. Innovatsiya tavakkalchiligi qanday baholanadi? 
3. Yangi tovarni rejalashtirishning qanday vazifalari mavjud? 
4. Yangi g‘oyalarni tanlash necha bosqichda amalga oshiriladi? 
5. Yangi tovarni rejalashtirishni qanday usullari mavjud? 
6. Zararsizlik nuqtasi nima? 
7. Bozor faoliyatini baholovchi ko‘rsatkichlarga nimalar kiradi? 
8. Tovpr markasi nima va uning qanday strategiyalari ishlab chiqiladi? 
9.Tovar uchun yangi nom topishda qanday tamoyillarga amal qilish zarur? 
10. Sifat strategiyasini ishlab chiqishda nimalar hisobga olinadi? 


60 
4-BOB. INNOVATSION MAHSULOTLARGA NARXNI SHAKLLANISHI
 
4.1.Narx shakllanishi va uning bosqichlari 
Innovatsion mahsulotlar narxining asosiy funksiyalari bo‘lib hisob funksiyasi
taqsimot funksiyasi va rag‘batlantirish funksiyasi sanaladi. Narx belgilash – tovarlar 
va xizmatlar narxini shakllantirish jarayonidir. Narx shakllantirishning ikkita asosiy 
tizimi xarakterlidir: talab va taklif o‘zaro munosabatlari asosida faoliyat 
ko‘rsatadigan bozor narx shakllanishi hamda davlat tomonidan markazlashgan narx 
shakllantirish – narxlarning davlat organlari tomonidan shakllantirilishi. Bunda 
xarajatlar bo‘yicha narx shakllantirish doirasida ishlab chiqarish xarajatlari va 
muomala xarajatlari narxni shakllantirishga asos qilib olinadi. Tashqi kontragentlar 
bilan hisob-kitoblarda firmalar asosan ikki xil narx turidan – ommaviy va hisob-kitob 
narxlaridan foydalanadi.
Narx shakllantirish tizimini shartli ravishda olti bosqichni ajratib ko‘rsatish 
mumkin:
❖ narx siyosati maqsadlarini belgilash; 
❖ firma tovarlariga talabni aniqlash; 
❖ xarajatlarni baholash; 
❖ raqobatchilarning tovarlari va narxlarini tahlil qilish; 
❖ yakuniy narx hajmini belgilash; 
❖ narxlarni davlat tomonidan tartibga solish choralarini hisobga olish. 
Narx shakllantirish tizimi qoidaga ko‘ra bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. 
Birinchi bosqich - narx siyosati maqsadlarini aniqlashda - firmalar «o‘z tovarlarining 
narx siyosati yordamida nimalarga erishish maqsadga muvofiq?» degan saovlga 
javob berishga harakat qiladi. Odatda bu maqsadlar soni bir nechta bo‘ladi. Ularning 
orasida 
firmaning 
bozorlarda 
faoliyat 
ko‘rsatishini ta’minlash, foydani 
maksimallashtirish, tovar aylanmasini maksimal darajada kengaytirish, sotuvni 
optimal oshirish, qimmat narx belgilash evaziga "qaymog‘ini olish", sifatda 
etakchilik alohida ajralib turadi.


61 
Narx siyosatining aytib o‘tilgan maqsadlari o‘zaro munosabatda bo‘lib, doim 
ham mos kelavermaydi. Ularga erishish, shuningdek, vaqt bo‘yicha ham o‘zaro amal 
qiladi.
Ikkinchi bosqich – firma tovarlariga talabni aniqlash. Bu erda gap umuman 
bozor sig‘imini emas, balki turli narx darajasida qancha tovar sotish mumkinligini 
aniqlash haqida boradi. Taxmin qilinayotgan sotuv hajmining narx darajasiga 
bog‘liqligini aniqlay olish kerak, bu erda asosiysi – ushbu tovarning turli narxlariga 
talab qanday javob qaytarishini kompleksli tahlil qilish hisoblanadi. Talab qanchalik 
ko‘p harakatchan bo‘lsa, tovar sotuvchisi shunchalik qimmatroq narx belgilashi 
mumkin.
Narx shakllantirish jarayonining uchinchi bosqichi – xarajatlarni baholash. 
Xarajatlarni baholash va ularni pasaytirish yo‘llarini izlash – har qanday tadbirkor 
uchun majburiy bo‘lgan mashg‘ulotdir. Xarajatlarni ikki turga – doimiy va 
o‘zgaruvchan xarajatlarga ajratish qabul qilingan. Doimiy xarajatlar bu – ularning 
hajmi tovar aylanmasidan olinadigan tushum va ishlab chiqarish hajmi odatiy 
tebranishlariga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlardir. O‘zgaruvchan xarajatlar esa bevosita 
mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bu, asosan, xomashyo xarajatlari 
va ish haqi xarajatlaridir. Doimiy xarajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi 
umumiy xarajatlar bo‘lib, narxning quyi chegarasini hosil qiladi.
Raqobatchilarning tovarlari va narxlarini tahlil qilish eng murakkab vazifalardan 
biridir. Bozor iqtisodiyotida muayyan bitimlar bo‘yicha narxlar haqida axborot 
ko‘pincha ishlab chiqaruvchining tijorat siri hisoblanadi va bunday ma’lumotni olish 
juda qiyin bo‘ladi. Raqobatchilarning tovarlari va narxlarini o‘rganish aniq bir 
maqsadni – beparvolik narxi, ya’ni bunda xaridorga kimning – firma yoki 
raqobatchilar tovarlarini xarid qilishning farqi bo‘lmaydigan narxni topish maqsadini 
ko‘zlaydi. Bu narxni aniqlash, uni asos qilib olgan holda nimaning evaziga bunday 
«beparvolik»ni bartaraf qilish va aynan sizning firmangizdan tovarlarni xarid 
qilishlariga erishishga nima yordam berishini aniqlash mumkin.
Raqobatchilarning tovarlari va narxlarini baholagach, narx shakllantirishning 
keyingi bosqichiga – doimiy foydalaniladigan narx belgilash usulini tanlashga o‘tish 


62 
mumkin. Bozor tomonidan narx shakllantirish amaliyotida eng tarqalgan bunday 
usullarning bir nechtasi ma’lum:
❖ xarajatlar usuli; 
❖ raqobatchiga ergashish usuli; 
❖ xarajatlar-marketing usuli. 
Yakuniy narx hajmini belgilash bosqichi xaridorlar bilan muayyan muzokaralar 
davomida amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda ikkita asosiy vazifani hal etish: 
xaridorlar uchun o‘zining chegirmalar tizimi yaratish hamda chiqarilayotgan 
tovarning hayotiylik davri bosqichlari va inflyasiya jarayonlarini hisobga olgan holda 
kelajakda narxlarga tuzatish kiritish mexanizmini belgilash lozim. Narx shakllantirish 
usullaridan biri tanlab olingach, narxga oid qarorni qabul qilish - muayyan narx 
belgilash zarur. Bu erda psixologik ta’sir, turli marketing elementlari ta’siri, narx 
siyosatining tayanch maqsadlariga amal qilish, belgilanadigan narxga ehtimoliy 
reaksiyasini tahlil qilish kabi bir qator jihatlarni hisobga olish kerak. Psixologik 
ta’sirning roli shu bilan belgilanadiki, narx ko‘plab iste’molchilar uchun mahsulot 
sifatining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Imidj yaratuvchi narxlar eng 
avvalo, xaridorning o‘zini o‘zi anglashiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar uchun 
xarakterlidir. Iste’molchi unga o‘ziga xos, noyob va nufuzliroq bo‘lib ko‘rinsa, 
qimmatroq mahsulotni ham afzal ko‘rishi mumkin.
Narx shakllantirishning so‘nggi bosqichi – narxlarni davlat tomonidan tartibga 
solish choralarini hisobga olishdir. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida narxlar va 
ularning dinamikasini davlat tomonidan limitlash yoki tartibga solishning turli 
choralari qo‘llanib kelgan, qo‘llanmoqda va kelajakda ham qo‘llaniladi. Firma uchun 
narx shakllantirish masalalarini hal etishda davlatning choralari firma faoliyatiga 
ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsata olishini albatta baholash kerak. Agarda tovarlarni 
chet elda sotish ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, ularni sotish rejalashtirilgan 
mamlakatlarda tovarlarning patent tizimini baholash haqida ma’lumotlar zarur 
bo‘ladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin