O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Zararsizlikni tahlil qilish uslubining grafik yordamida aks ettirilishi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
3.3-rasm. Zararsizlikni tahlil qilish uslubining grafik yordamida aks ettirilishi 
Zararsizlik nuqtasi quyidagi formula asosida aniqlanadi: 
X
doim
 
Z = ---------------- 
N - X
o‘zg
 
bu erda : 
X
doim
— jami ishlab chiqarish hajmiga sarflanuvchi doimiy xarajatlar;
X
o‘zg
— jami o‘zgaruvchan xarajatlar; 
N — yangi tovar birligi narxi. 
Bu munosabatlar shuningdek, belgilangan zararsizlik nuqtasiga ega bo‘lgan 
holda tovarni sotishning minimal narxi va maksimal xarajatlar summasini aniqlashga 
imkon beradi. 
Yangi tovarni sotish ma’qul keluvchi foyda keltirishi to‘g‘risidagi qaror qabul 
qilingach, yangi tovar modeli yoki prototipini tayyorlashga kirishiladi. Yangi tovar 


51 
iste’molchining texnik talablarini ta’minlashi va bozor talablariga javob berishi zarur. 
Marketolog uchun birinchi navbatdagi vazifa tovarning bozorda muvaffaqiyatga 
erishishini ta’minlash, ya’ni uning vazifalarini aks ettirishdan tashqari uni 
raqobatchilar tovaridan jozibadorligi yuqori bo‘lishini aks ettiruvchi xususiyatlarini 
yaratish hisoblanadi. SHu munosabat bilan yangi tovarni ishlab chiqish jarayonini 
ikki bosqich - texnik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va bozor ko‘satkichlarini 
shakllantirish bosqichlari majmuasi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 
Tovarni ishlab chiqish uchun aksari hollarda funksiyalararo guruhlar (firma 
izidan 
boruvchilar, 
dizaynerlar, 
marketologlar) 
tashkil 
qilinadi. 
Bu 
esa 
mutaxassislarning birgalikda ochiq faoliyat yuritishini va vazifalar echimining 
tezlashishini ta’minlaydi. 
Texnik ko‘rsatkichlarning shakllanishi yangi tovarni xaridorlarning aniqlangan 
istaklarini (ehtiyojlarini) qondiruvchi funksional xususiyatlar bilan ta’minlash bilan 
bog‘liq. Texnik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish bilan ilmiy-tadqiqot tajriba-
konstruktorlik ishlari va marketologlar guruhi shug‘ullanadi. Tovar g‘oyasini texnik 
nuqtai nazardan rentabelli mahsulotga joriy qilar ekan, ishlab chiquvchilar bu 
mahsulotga bo‘lajak tovar tavsifnomalarini ham kiritishi lozim. Bu holda 
marketologlarning vazifasi loyihalarni tovarning zarur xususiyatlari va xaridorlar 
mazkur tovar xususiyatlarini muhokama qilishiga yordam beruvchi xislatlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashdan iborat bo‘ladi. 
Bozor ko‘rsatkichlarini shakllantirish tovar dizayni, uning shakli, rangi, 
og‘irligi, o‘rovi, nomi va markasini ishlab chiqish tufayli amalga oshiriladi. 
Shakl, rang va sifat tovarni xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar hisoblanadi. Tovar to‘g‘risidagi birinchi taasurot 
uning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning sifati va funksional xususiyatlari 
baholanishidan ilgari yuzaga keladi. Tashqi ko‘rinish tovarni sotib olishga undovchi 
motiv, muayyan bir tovarning potensial xaridorlari doirasini shakllantiruvchi kuch 
vazifasini bajaradi. Bu esa iste’mol tovarlaridan tashqari ishlab chiqarish-texnika 
tovarlari uchun ham xosdir. 
Tovar dizayni shunday vositaki, uning yordamida potensial xaridorlarga ta’sir 


52 
ko‘rsatish, ularni tovarni sotib olishga undash va harakatlarini tezlashtirish mumkin. 
Shu bilan birga tovarni sotishda uning sifati ham katta rol o‘ynaydi. Tovarning 
sifati bu - uning mazkur tovarga xos bo‘lgan (masalan, xizmat qilish muddati, 
iste’mol qilinish, saqlanish va hokazo) xususiyatlari yig‘indisidir. 
Tovar tayyorlangan material turi va rangi ham u yoki bu tovarning o‘ziga xos 
xususiyatlari, ularning bir-biridan farq qiluvchi variantlari va imkoniyatlarini 
aniqlashga xizmat qiladi. 
Tovar shakli tovarni tanib olishga va xaridorda u to‘g‘risida ma’lum bir tasavvur 
uyg‘otishga ko‘maklashadi. 
Texnik tovarlarning shaklini ishlab chiqish imkoniyatlari iste’mol tovarlari 
shaklini ishlab chiqishga qaraganda anchagina cheklangandir. 
Tovarning individualligini, uning boshka tovarlar orasida ajralib turishi, o‘ziga 
xos va takrorlanmasligini ta’minlash uchun tovarga nom beriladi. Tovarning nomi 
ishlab 
chiqaruvchi 
va 
iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va 
kommunikatsiyalarni osonlashtiradi. Ko‘pincha, ayniqsa tovar nomi oson aytiladigan, 
tez esda qoladigan, ijobiy hislarni uyg‘otadigan va o‘ziga jalb qiladigan bo‘lsa, u 
bozorda yangi tovarning muvaffaqiyatga erishisha garovi bo‘ladi. 
Tovar uchun yangi nom izlab topish va tayyorlash jiddiy muammo, chunki tovar 
nomi faqat uni boshqa tovarlardan ajratish uchungina qo‘llanilmaydi. Tovar nomi 
tovarning turini tavsiflashi, xaridorda unga nisbatan ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otishi, 
reklama ta’siriga ega bo‘lishi va o‘ziga xos bo‘lishi lozim. 
Tovar uchun yangi nom topishda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur: 
▪ izlanishning ijodiy usullaridan foydalanish; 
▪ biron-bir ma’lum nomni yangi nomga nisbatan huquqiy e’tirozlar qolmaguncha 
transformatsiya qilish(o‘zgartirish); 
▪ yangi nomni raqobatchi tovar nomining aksi sifatida shakllantirish; 
▪ biron-bir mashhur nomdan uni yangi tovar nomiga qo‘shib qo‘yish uchun 
foydalanish. 
Har bir muayyan holda, ayniqsa iste’mol tovarlari nomini tanlashda quyidagi 
savollarga javob topish lozim: tovar nomi nimani ifodalashi lozim? qaysi nomlarni 


53 
tanlovga qo‘yish mumkin? ulardan qaysi biri yaxshi? raqobatchilarning xuddi 
shunday o‘xshash tovarining nomi qanday? tovaringiz nomi raqobotchi tovar 
nomidan nimasi bilan farq qiladi? yangi nomni iste’molchi faqat bitta tovar uchun 
qo‘llaydimi yoki barcha tovarlar assortimentiga biriktirib qo‘yadimi? tovarni 
oldindan attestatsiya qilish kerakmi? 
Tovarning nomi uning bozordagi “yuzini” shakllantirish, tovarning bozor 
atributikasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lum bir nomdagi tovarni doimiy 
ravishda iste’mol qilish jarayonida xaridor bozorda mavjud bo‘lgan ko‘p sonli 
tovarlar ichida uni osonlik bilan tanib oladi. Bunday tovardan muntazam foydalanish 
xaridor ongida ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otishga xizmat qiladi. Bu reaksiya tovar 
ishlab chiqaruvchiga ortga qaytuvchi aloqa orqali etkaziladi. Tovar nomini korxonaga 
biriktirib qo‘yish va uning boshqa firmalar tomonidan foydalanishidan himoya qilish 
maqsadida korxona rahbariyati bu nomni huquqiy ro‘yxatdan o‘tkazishi zarur. Shu 
tariqa tovar nomi markirovka qilinadi va tovar markasi vazifasini bajaradi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin