O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Marka bu - bitta yoki bir nechta tovar ishlab chiqaruvchining (sotuvchining) 
mahsulotlarini identifikatsiya qilish va uni raqobatchilar tovarlaridan farqlash 
maqsadida foydalaniluvchi nom, belgi, simvol, rasm, atama yoki ularning 
kombinatsiyasidir. Marka bozorda tovarni tanib olish, boshqa tovarlardan farqlash va 
differensiatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Marka o‘z ichiga marka nomi, marka 
belgisi va tovar belgisini kiritishi mumkin. 
Marka nomi bu markaning ovoz chiqarib o‘qish mumkin bo‘lgan so‘z, harf va 
ularning birikmasi hisoblanadi. 
Marka nomi bu markaning tanib olinadigan, lekin o‘qilmaydigan kismidir. U 
simvol yoki rasmdan iborat bo‘lib, ajralib turuvchi rang va o‘ziga xos shrift bilan 
bezaladi. 
Tovar belgisi marka yoki uning huquqiy jihatdan himoyalangan qismi bo‘lib, 
sotuvchiga marka nomi va marka belgisidan mutlaq foydalanish huquqini beradi. 
Tovar belgisi markaning himoyasi, reklamasi, individualligi va sifat kafolati 
vazifasini bajaradi. Tovar qaysi marka ostida sotilishiga qarab ikki turga bo‘linadi - 
ishlab chiqaruvchi markasi va xususiy marka. 


54 
Ishlab chiqaruvchi markasi bu ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan yoki 
boshqa ishlab chiqaruvchidan ijaraga olingan markadir. Tovarni markalashtirishda 
ishlab chiqaruvchi quyidagilardan foydalanishi mumkin: o‘z mahsulotlarining har bir 
turi uchun individual marka nomlari tanlash; barcha mahsulotlar uchun yagona marka 
nomi belgilash; mahsulotlarning turli guruhlari uchun alohida marka nomlari berish; 
ishlab chiqaruvchi kompaniya nomini alohida mahsulotlar marka nomiga qo‘shib 
ishlatish. 
Xususiy marka bu savdo (ulgurji yoki chakana) korxonalari tomonidan ishlab 
chiqilgan markalardir. Ba’zida u vositachilar markasi, distribyuterlar markasi yoki 
diler markasi deb ham ataladi. Faoliyat sohasiga ko‘ra ular quyidagilarga 
taqsimlanadi: individual (aspirin); guruhli (Maggi); firma (Nestle); hududiy (“Stepan 
Razin” pivosi); milliy (“Jiguli” avtomobili); xalqaro (Coca-Cola) markalar. 
Marka o‘ziga xos shartli belgi bo‘lib, uni tovar yoki xizmat bilan bog‘lash 
vositasida iste’molchiga tovarning iste’mol tavsifnomalari to‘g‘risida xabar beradi. U 
xaridorlarni mazkur tovarni sotib olishda xuddi avvalgidek sifatga ega bo‘lishlariga 
ishontirishga harakat qiladi. 
Marka faqat tovar nomi sifatidagina emas, balki uning bir nechta xususiyatlari 
yig‘indisi sifatida kompleks ravishda ko‘rib chiqilishi lozim. 
F.Kotler markani tovar tavsifnomasi, foyda, tovarning qimmatliligi, undan 
foydalanish madaniyati (uyushqoqlik, tartiblilik, samaradorlik, yuqori sifat), 
tovarning individualligi va foydalanuvchi turini aks ettiruvchi olti pog‘onali simvol 
sifatida ta’riflagan. Markaning eng barqaror xususiyatlari (qimmatlilik, madaniyat va 
individuallik) uning mohiyatini belgilab beradi. 
Marketologning tovar markalarini boshqarishda qabul qilishi lozim bo‘lgan 
qarorlar quyidagicha - tovar markasining zarurati haqida, tovar markasini qo‘llab-
quvvatlash haqida, marka strategiyasi haqida, markaning pozitsiyasini o‘zgartirish 
haqida bo‘lishi lozim. 
Tovar markasini qo‘llashning samarasi yuqori bo‘ladi, chunki undan foydalanish 
buyurtmalarning shakllanishi va tovarlarni etkazib berish jarayonini engillashtiradi; 
tovarning o‘ziga xos xislatlarini raqobatchilar tomonidan noqonuniy imitatsiya 


55 
qilinishidan huquqiy himoyalashni ta’minlaydi; xaridorlarning barqaror kontingentini 
jalb qilish imkoniyatini yaratadi; bozor segmentatsiyasini engillashtiradi; korporativ 
imidjni kuchaytiradi va yangi markalarni joriy kilishni osonlashtiradi. 
Tovar markalari shuningdek, bozor hokimligini egallab olish va firmaning 
moliyaviy pozitsiyalarini mustahkamlash vositasi sifatida ham xizmat qiladi. SHu 
sababli markalarni boshqarishning vazifalaridan biri tovar markasini rivojlantirish, 
uning hatti-harakatlarini kengaytirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi marka 
strategiyalari ishlab chiqiladi: tovar qatorini kengaytirish strategiyasi (mavjud 
markani yuzaga kelgan tovar nomenklaturasiga tarqatish); tovar markasi 
chegaralarini kengaytirish strategiyasi (mavjud markani yangi tovarlarga tarqatish); 
ko‘p markalilik strategiyasi (bitta mahsulot liniyasi uchun ikki yoki undan ortiq 
markani ishlab chiqish). 
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, faqat ba’zi markalargina uzoq vaqt davomida 
muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Moliyaviy to‘siqlarning mavjudligi, shuningdek, 
xaridorlarni yangi kiritilgan markaga ko‘niktirish zarurati yangi tovar markasini 
tayyorlash va rivojlantirish uchun sarflanuvchi xarajatlarni qoplash uchun doimiy 
ravishda mablag‘lar qidirishni talab qiladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin