O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-jadval  Yangi tovarni rejalashtirish usullari



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

3.1-jadval 
Yangi tovarni rejalashtirish usullari 
Rejalashtirish bosqichi 
Rejalashtirish usullari 
Foyalarni izlab topish 
Bozorni tadqiq etish 
Ijodiy usullar 
Foyalarni tanlash 
Baholash usullari
CHek-varaq 
Iqtisodiy tahlil 
Foydani taqqoslash 
Zararsizlikni baholash usuli 
Tavakkalchilikni tahlil qilish 
Tovarni ishlab chiqish (tayyorlash) 
Tovarni ishlab chiqish usullari
Tovar namunasini ishlab chiqish
Tovar markasini ishlab chiqish texnikasi 
Tovarni bozor sharoitlarida sinovdan o‘tkazish 
Tovarni testdan o‘tkazish usullari 
Bozorni testdan o‘tkazish usullari 
Bozorga olib kirish 
Tarmoqni rejalashtirish texnikasi 
Marketing vositalari 
Bozorga olib kirishni nazorat qilish 
Xarajatlarni hisob-kitob qilish usuli 
Bozorni tadqiq etish 
 
Bu esa mashhur mutaxassislar va bir guruh insonlarning zakovati, ijodiy 
salohiyatiga asoslanadi. Bunda mantiqiy-sistematik usullar va intuitiv-ijodiy usullarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin. Tovar tavsifnomasi va xususiyatlari anketasi texnikasi, 
majburiy munosabatlar usuli va morfologik usullar eng tarqalgan mantiqiy-sistematik 
usullar hisoblanadi. 


45 
Tovar tavsifnomasi va xususiyatlari anketasi texnikasi tovarni yaxshilash 
bo‘yicha ijodiy g‘oyalarni izlab topish uchun foydalaniladi. Ob’ektning (unga tovar 
ham mansub bo‘lishi mumkin) barcha xususiyatlari, belgi va tavsifnomalari 
umumlashtiriladi va yozma ko‘rinishda ifodalanadi. YAngi g‘oyani yaratish 
ob’ektning bir yoki bir nechta belgilarini o‘zgartirish yoki almashtirish va ularni 
kelgusida yangi xususiyatlar kombinatsiyasi ko‘rinishida birlashtirish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. 
Majburiy munosabatlar (birikuvlar) usuli xususiyatlar anketasi texnikasiga biroz 
o‘xshab ketadi. Foya avvaliga bir guruhga kirmagan predmetlar haqidagi bilimlarni 
o‘ylab chiqib umumlashtirish natijasi sifatida yuzaga keladi. Masalan, yozuv stoli, 
yozuv mashinasi va stol lampasi kabi alohida tovarlar xususiyatlarini tahlil qilish 
natijasida majburiy munosabatlar usuli yordamida quyidagi g‘oyalar topilishi 
mumkin: yozuv stoliga yozuv mashinasini o‘rnatib qo‘yish; stolning ustki qismini 
kartotekalar joylashtirish uchun moslashtirish; stol lampasini sharnirlar yordamida 
harakatlanuvchi lampaga almashtirish va hokazo. 
Xususiyatlar anketasi texnikasi va majburiy birikuvlar usuli mavjud tovarlar 
xususiyatlari kombinatsiyasiga asoslanishi sababli ulardan foydalanish imkoniyatlari 
cheklangan. Buning ustiga yangi g‘oyaning sifati ilgari foydalanilgan g‘oyalar 
sifatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Morfologik uslub tuzilish tahlili tamoyillariga asoslanadi. Ushbu uslubga asosan 
tovarning barcha muhim ko‘rsatkich hamda jihatlari alohida va birgalikda 
o‘rganiladi. U ob’ekt va hodisalarning to‘liq va qat’iy klassifikatsiyasi, ularning 
xususiyatlari va parametrlariga asosan yaratiladi. Bu esa g‘oya rivojlanishining turli 
ssenariylarini baholash va bu ssenariylarni taqqoslash yo‘li bilan tovarning kelajakda 
rivojlanishiga oid kompleks tasavvurga ega bo‘lishga imkon yaratadi. 
Asosida tizimni qismlarga ajratish va alohida qarorlar kombinatsiyasi yotgan 
mantiqiy-sistematik usullardan farqli ravishda, intuitiv-ijodiy usullar muammoni 
to‘laligicha ko‘rib chiqish tamoyillariga asoslanadi. Bu turning eng taniqli usullari 
miya hujumi va sinektika hisoblanadi. 
Miya hujumi uslubi amerikalik reklama sohasidagi mutaxassis Aleks Osborn 


46 
tomonidan 1953 yilda taklif qilingan. U muhokama qiluvchi guruh ishtirokchilarining 
u yoki bu g‘oya va uni hayotga tatbiq etish usullari to‘g‘risidagi ijodiy mulohazalari 
va erkin fikrlash assotsiatsiyasi tamoyillariga asoslanadi. Barcha ishtirokchilarning 
qizg‘in bahs-munozaralar yuritishi, o‘zaro ijobiy fikr-mulohazalar almashishi va 
kelgusida bahs-munozaralarni baholashi ushbu usulni amalga oshirishning o‘ziga xos 
jihatlaridir. Bu uslubni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi shartlarga 
amal qilish zarur: 
▪ muhokamada 5 kishidan 15 kishigacha qatnashishi lozim; 
▪ majlis 15 daqiqadan 30 daqiqagacha davom etishi lozim; 
▪ majlisning barcha ishtirokchilari teng huquqli bo‘lishi lozim; 
▪ har qanday ko‘rinishdagi tanqid man qilinadi; 
▪ son sifatdan muhimroq bo‘ladi; 
▪ muammoning mavzusi majlis ishtirokchilariga majlis ochilishi arafasidagina 
ma’lum qilinadi; 
▪ g‘oyalar majlis tugagandan so‘ng uch kundan besh kungacha bo‘lgan muddat 
ichida baholanishi lozim. 
Sinektika usuli g‘oyalarni izlab topishning natijalarga boy usuli hisoblanadi. U 
V.Gordon tomonidan taklif qilingan bo‘lib, boshlang‘ich muammodan sistematik 
ravishda chetlashtirish tamoyillariga asoslanadi. CHetlashtirishga hayotning boshqa 
sohalari o‘xshashliklaridan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Foyalarni sinektik izlab 
topish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
▪ muammoni o‘rganish; 
▪ muammoni tahlil qilish va uni ekspertlarga izohlab berish; 
▪ muammoni tushunishni testdan o‘tkazish; 
▪ o‘z-o‘zidan qabul qilingan qarorlarni shakllantirish; 
▪ rahbariyatning muammoni tushunishini baholash; 
▪ o‘xshashliklarning paydo bo‘lishi; 
▪ muammo va unga o‘xshashliklar o‘rtasida aloqa o‘rnatilishi; 
▪ muammoga o‘tish; 
▪ qarorni tayyorlash. 


47 
Sinektika usuli quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshirilishi mumkin: 
▪ muhokamada 5-7 kishi qatnashishi lozim; 
▪ ishtirokchilarni mazkur usulga avvaldan o‘ratishni tashkil etish; 
▪ majlis 90 daqiqadan 120 daqiqagacha davom etishi lozim; 
▪ ayrim qadamlarni katta taxtada belgilab borish orqali oshkoralikni va 
oydinlikni ta’minlash. 
Intuitiv-ijodiy usullar qatoriga Delfi usulini ham kiritish mumkin. 
Keyingi bosqich bu tovar to‘g‘risidagi g‘oyalarni saralash va tanlash 
hisoblanadi. Agar g‘oyalar to‘plamini izlab topish va shakllantirish ularning hajmini 
oshirishga qaratilgan bo‘lsa, g‘oyalarni tanlashdan maqsad to‘g‘ri kelmaydigan 
qarorlarni aniqlash va ulardan voz kechishdan iborat bo‘ladi. Bunda g‘oyaning firma 
maqsadlariga, uni amalga oshirish imkoniyatlari esa korxonaning resurslariga mos 
kelishi inobatga olinadi. 
Shu narsa aniqlanganki, qabul qilingan va real tovar ishlab chiqarishgacha etib 
kelgan g‘oyalar vaqt o‘tishi bilan kamayadi, ularni izlab topish va tanlash uchun 
sarflanuvchi xarajatlar esa oshib boradi(3.2-rasm).
60 
50 
40 
30 
20 
10 
10 
20 
30 
40 
50 
60 
70 
80 
90 
100 
\g’oyalarni tanlash 
iqtisodiy tahlil 
Ishlab chiqish 
Testdan o’tkazish 
Bozorga chiqish 
Vaqt 
xarajatlari
,
%
/
g’oyalar
soni
12 






1981 
1968 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin