41
▪ mahsulot tannarxi, transport xarajatlari, qo‘l mehnati xarajatlarini pasaytirish;
▪ kapital aylanuvchanligini tezlatish;
▪ korxonaning iqtisodiy oqimlarini optimallashtirish;
▪ korxona resurslarining barcha turlaridan foydalanishni tashkil qilishni
ratsionallashtirish;
▪ iqtisodiy oqimlarni boshqarish jarayonida korxonaning barcha bo‘linmalari
faoliyatini muvofiqlashtirish.
AQSH va Yaponiyada qabul qilingan
global marketingning asosiy
konsepsiyalari tajribasidan kelib chiqib, global marketingning quyidagi asosiy
standartlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
kompaniya talablariga mos keladigan qaytuvchan aloqa usullaridan foydalanib,
o‘z iste’molchisiniimkon boricha aniq bilish. Faqat iste’molchini diqqat markaziga
qo‘yib, uni bilgan va bu bilimlardan foydalangan holdagina kompaniya iste’molchi
undan voz kecha olmaydigan taklifni shakllantirishi mumkin.
Tashabbuskor,
nafsoniyati kuchli kompaniyalar yuzaga keladigan ehtiyojlarga oddiygina javob
qaytarishdan ko‘ra o‘zlari ehtiyojni yaratish va qondirishga ko‘proq yo‘naltirilgan
bo‘ladi;
eng yangi texnologiyalar (marketingda – autsorsing, merchandayzing,
benchmarketing, internetmarketing, brendmarketing,
munosabatlar marketingi,
«yashirin» marketing, «tarixiy innovatsiyalar nazariyasi») va innovatsion
marketingdan o‘z vaqtida va to‘g‘ri foydalanish;
zamonaviy marketolog o‘z ishini, ijodkorlikni byurokratiyaga aylantirgan holda
boshqarish, bashorat va nazorat qilish zarurati sifatida ko‘rib chiqmasligi, balki
tadbirkorlik ruhi bilan boyitilgan ijodkor bo‘lishi lozim. Oxirgi yillarda marketingdan
mamlakatlararo darajada foydalanish tendensiyasi
tobora aniqroq namoyon
bo‘lmoqda. Bu holatda foydalaniladigan «megamarketing» atamasi ma’lum bir,
ko‘pincha boshqa mamlakatlarning tovarlari uchun yopiq bo‘lgan bozorga chiqish
uchun iqtisodiy, siyosiy va psixologik yondashuvlarni strategik muvofiqlashtirshini
taqozo etadi. Masalan, «Pepsi-Kola» kompaniya ulkan hind bozoriga chiqish uchun
Hindistonlik ishbilarmon doiralar bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni tashkillashtirdi.
42
Salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalar qarshiligini engib o‘tish
va qonunchilikni o‘zgartirishga quyidagi choralarni amalga oshirish yo‘li bilan
erishildi. Hindiston hukumatiga mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport
qilishda ko‘maklashish taklif etildi. Bundan tashqari, «Pepsi-Kola» kompaniyasi o‘z
mahsulotlarini Hindistonning qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hududlarida sotish
orqali ularning iqtisodiyoti rivojlanishiga ko‘maklashishni va’da qildi. Bu va ikkala
tomon uchun foydali bo‘lgan boshqa takliflar Hindistonning ko‘plab siyosiy,
hukumat, jamoatchilik va ishbilarmonlik doiralari vakillari orasida o‘z tarafdorlariga
ega bo‘ldi.
Yuqorida aytib o‘tilganlarning barchasi bozorlarni
qismlarga ajratish
darajasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchilar deyarli har qanday
ehtiyojni qondiradigan tovarlarni taklif eta boshladilar. Tovarlar va marketing
tadbirlarining individuallashuvi ro‘y bermoqda, bu esa, mos ravishda,
yangi
tovarlardan qo‘shimcha foyda olishning pasayishiga olib keladi. Zamonaviy raqobat
strategiyalarining asosini mavjud bozorlardan tashqarida yangi tovarlar yaratishga
imkon beradigan innovatsiyalar tashkil etmoqda. Bunday sharoitlarda innovatsion
marketing alohida rol o‘ynamoqda.
Dostları ilə paylaş: