70
2) Muallif imidji va nufuzi. Ilmiy-texnik ishlanmalar sohasida ushbu ishlanmani
bajarishi mumkin bo‘lgan ilmiy-tadqiqotchilik tashkilotlari doirasi ko‘pincha
chegaralangan bo‘ladi. Tashkilotning ushbu sohadagi mashhurligi va tajribasi,
ishlarni bajarishga jalb qilingan mutaxassislar darajasi ishlanma qiymatiga jiddiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xuddi sanoat tovarlari bozorida bo‘lgani kabi, bu omilni
ham ilmiy-texnik ishlanmalar sohasida qoidaga ko‘ra, qayd qilinmaydigan savdo
markasi mavjudligi omili bilan taqqoslash mumkin.
3) To‘lov shartlari, hisob-kitoblar shakli. Odatda ilmiy-tadqiqotchilik ishlarini
bajarish va innovatsion mahsulot yaratish jarayoni uzoq vaqt – bir necha oydan bir
necha yilgacha talab qiladi. SHu sababli ishlar uchun bosqichma-bosqich haq to‘lash
hisob-kitoblarning odaity shakli sanaladi. Ishlanmaning yakuniy narxi mablag‘larning
bosqichlar o‘rtasida qanday taqsimlanishi va mos ravishda, ishlarning bajarilishi
qanday moliyalashtirilishi, loyihani kreditlash bo‘yicha asosiy xarajatlarni kim o‘z
zimmasiga olishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar buyurtmachi ijrochini kreditlagan holda
ishlarni bajarish uchun oldindan haq to‘lashni amalga oshiradigan bo‘lsa, bu holda
ishlarni bajarish arzonroqqa tushadi. Aks holda, ijrochi ishlanmalarni o‘z mablag‘lari
hisobiga bajaradigan bo‘lsa, narx ushbu tadqiqotda mablag‘lar ushlanib qolishidan
yo‘qotilgan miqdorda oshiriladi. Ushbu omilni hisobga olishda inflyasiya darajasi
katta rol o‘ynaydi.
4) Maqsadli bozor segmenti, buyurtmachi turi. Mamlakat fani ilmiy-
tadqiqotchilik ishlari umumiy jahon bozoriga to‘liq jalb qilinmagan sharoitlarda
narxni buyurtmachiga qarab eblgilash imkoniyati mavjud.
Dostları ilə paylaş: