O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Innovatsion mahsulotlarga optimal narx belgilash



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
4.3.Innovatsion mahsulotlarga optimal narx belgilash 
Iste’mol yo‘nalishidagi pozitsiyadan yangi tovarlarni siljitishning asosiy 
yo‘nalishlari: tovarni almashtirish, tovarni mavjud assortiment guruhlariga qo‘shish, 
yangi assortiment guruhlari, jahon uchun yangilik sanalgan va yangi foydalanish 
sohalari va sotuv bozorlari hosil qiladigan tovarlar hisoblanadi. Quyida innovatsion 
mahsulotga narx belgilashning asosiy usullari keltirilgan va ulardan amaliy 
foydalanish ko‘rsatilgan.
Innovatsion mahsulotga narx shakllantirishning asosiy usullari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi:
❖ "bozorda qaymog‘ini olish" usuli; 
❖ bozorga kirib borish usuli; 
❖ iste’mol qiymatini baholash usuli; 
❖ maqsadli daromad me’yori olish usuli; 
❖ xarajatlarni tez qaytarish usuli. 
Yangilik-tovarlarga narx shakllantirishning shu va boshqa usullarini shartli 
ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
xarajatli yondashuv (narx mahsulot tannarxi va rentabellik normativlariga qarab 
belgilanadi) guruhi; 
yangilik kiritishning umumiy foydaliligidan kelib chiqadigan usullar guruhi. 
Narx belgilashda asosiy iste’molchilar guruhining ehtimoliy reaksiyasini ham 
hisobga olish zarur. U ishlab chiqaruvchining nufuzi va iste’molchining umidlariga 
qalin bog‘liqdir. Iste’molchi qimmatroq bo‘lsada, o‘zini yaxshi tomonidan 
ko‘rsatishga ulgurgan markadagi mahsulotni xarid qilishni afzal ko‘rish ehtimoli 
yuqori. Biroq bunda hattoki ishlab chiqaruvchining nufuzi yuqori bo‘lgan taqdirda 
ham jamoatchilikning «ortiqcha foyda» deb ataladigan salbiy fikri shakllanishining 


66 
oldini olish lozim. Bu iste’molchi buyurtmasini maqbul keladigan muqobil variant 
mavjud tomon burib yuborishi mumkin.
Innovatsion mahsulotga yakuniy narx belgilash masalasini hal qilishga 
kirishishda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, uning hajmini aniqlash bozordagi 
vaziyatni va korxonaning umumiy strategiyasini hisobga olmasdan turib amalga 
oshirilishi mumkin emas.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, yakuniy narx hajmi marketing bo‘limi, sotuv 
bo‘limi, iqtisodiyot bo‘limi va moliya bo‘limi rahbarlari tomonidan belgilanishi 
lozim. Ulardan har birining narx darajasi haqida o‘z tasavvuri bo‘ladi va ba’zida 
murosaga kelish uchun ko‘p ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi.
Innovatsion mahsulot narxini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omil 
raqobatchilar narxlarini o‘rganish hisoblanadi. Real va potensial raqobatchilar doimo 
ishlab chiqarishdan olinadigan foyda va narxlar strukturasini baholashga harakat 
qiladi. Real raqobatchilar xuddi shunday yoki bundan yaxshiroq mahsulot taklif 
qilishga, potensial raqobatchilar esa – agar ularning fikriga ko‘ra foyda yuqori 
bo‘ladigan bo‘lsa, bozorga kirishga intiladi.
Narx raqobatbardoshlik tarkibiy qismlari ichida eng sezilarlisi hisoblanadi, 
shunday ekan, uning o‘zgarishi tezroq aniqlanadi va javob tariqasidagi reaksiyaga 
sababchi bo‘ladi. Boshqa elementlar o‘zgarishi unchalik sezilarli bo‘lmasligi 
mumkin, ularni aniqlash va javob tariqasidagi harakatlarni tashkil qilish qiyinroq 
bo‘ladi.
Yangi tovar yoki xizmatlarga narx belgilashda asosiysi shundaki, narx (tovar 
yoki xizmatlarning o‘zi kabi) oson tushunilishi, mijoz narx tovar yoki xizmatning 
«asl» qiymatini aks ettirishini ko‘rishi lozim, bu esa mijozning kompaniyaga bo‘lgan 
ishonchini oshiradi va takroriy xaridlarga olib keladi. Agarda gap yangi tovar yoki 
xizmat haqida boradigan bo‘lsa, kompaniyaning faol siyosati mijozning ishonmaslik 
darajasini pasaytiradi, mijozlar ishonchini motivatsiyalaydi.
Innovatsion mahsulotlar narxini shakllantirishga yondashuvlarni birinchidan, 
sotuv ob’ektiga qarab, ikkinchidan, innovatsion faoliyat bosqichiga qarab taqsimla 


67 
lozim bo‘lib, bu mahsulot haqidagi axborot hajmi va uni detallashtirish darajasi 
turlicha ekanligi bilan izohlanadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin