O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

S = f (R1, R2,..., Rn), 
bu erda Ri – narxga ta’sir etuvchi i ko‘rsatkich. 
Regressiya tenglamasiga yangi mahsulot ko‘rsatkichlari qiymatini qo‘yib, 
ma’lum darajada aniqlik bilan yangi mahsulot nax darajasining ishonchlilik darajasini 
aniqlash mumkin. Taxminiy usullarning asosiy kamchiligi mahsulot ko‘rsatkichlari 
va narx o‘rtasida sifat o‘zgarishlarini hisobga olish imkoni yo‘qligi hisoblanadi, bu 
esa ko‘p hollarda chuqurr innovativ mahsulotlar ishlab chiqishda o‘ringa ega 
bo‘lmoqda. Ularga o‘xshash boshqa mahsulot bo‘lmagan o‘ziga xos noyob 
mahsulotlar uchun ilk bosqichlarda narx belgilashningn yagona usuli ekspertlar usuli 
hisoblanadi. Eng ommaviy ekspertlar usuli "Delfi" usuli hisoblanadi. "Delfi" usuli 
bo‘yicha ekspertlar so‘rovi jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. 
1-bosqich. Ishchi guruhini shakllantirish. 
Ishchi guruhning vazifasi ekspertlar so‘rovi jaayonini tashkil qliishdan iborat. 
2-bosqich. Ekspertlar guruhini shakllantirish. 
"Delfi" usuliga muvofiq ekspertlar guruhi ushbu sohadagi 10-15 ta 
mutaxassisdan iborat bo‘lishi lozim. Ekspertlar chuqur bilimga egaligi anketa so‘rovi 
o‘tkazish, ushbu mutaxassisning ilmiy ishlariga murojaatlar soni, o‘zini o‘zi baholash 
varaqalaridan foydalanish yo‘li bilan aniqlanadi. 
3-bosqich. Savollarni ifodalash. 
Savollarni ifodalash aniq va bir ma’noda talqin qilinadigan bo‘lishi, bir ma’noli 
javoblarni ko‘zda tutishi lozim. 
4-bosqich. Ekspertiza o‘tkazish.
"Delfi" usulida so‘rov o‘tkazishning bir nechta qadamlari takrorlanishi ko‘zda 
tutiladi. Birinchi so‘rov yakunlariga ko‘ra eng keskin, «bid’at deb qaraladigan» 
fikrlar ajratiladi, bu fikrlar mualliflari kelgusidagi munozaralar bilan o‘z nuqtai-
nazarini asoslab beradi. Bu bir tomondan, barcha ekspertlarga eng keskin nuqtai-
nazarlar tarafdorlarining dalillarini e’tiborga olish, boshqa tomondan esa – ularga 


69 
yana bir bor o‘z nuqtai-nazarini o‘ylab chiqish va qo‘shimcha ravishda asoslab berish 
yoki voz kechish imkonini beradi. Munozaradan keyin ekspertlarga muhokama 
yakunlarini e’tiborga olish uchun imkoniyat taqim etish maqsadida so‘rov yana bir 
marta o‘tkaziladi. To ekspertlarning nuqtai-nazarlari mos kelmagunga qadar shu 
tarzda 4-5 marta takrorlanadi. 
5-bosqich. So‘rovga yakun yasash 
"Delfi" usuli bo‘yicha ekspertlarning yakuniy fikri sifatida mediana, ya’ni 
tartibga solingan fikrlar qatoridagi o‘rtacha qiymat qabul qilinadi. Agar javoblar 
katta-kichikligi bo‘yicha tartibga solingan qator (masalan, innovatsion mahsulot narxi 
haqidagi savolga javoblar) o‘z ichiga n qiymatlarni: R1, R2,…, Rn olsa, so‘rov 
natijalari bo‘yicha yakuniy baholash sifatida qabul qilinadigan M quyidagi tarzda 
aniqlanadi: 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin